Avtokredit, odatda, birlamchi bozordan engil avtomobilni rasmiy dilerdan sotib olish uchun banklar tomonidan beriladi.
Garov ta’minoti quyidagilar bo‘lishi mumkin
mulk garovi (ko‘p hollarda sotib olinayotgan avtomobil garov sifatida qabul qilinadi);
yuridik shaxsning kafolati;
asosiy ish joyida barqaror daromadga ega bo‘lgan 2 jismoniy shaxsning kafolati;
sug‘urta polisi yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati.
Avtokredit olishga buyurtma berish uchun talab qilinadigan hujjatlar
avtosalon bilan tuzilgan shartnoma;
pasport va uning nusxasi;
barcha oila a’zolarini ko‘rsatgan holda yashash joyidan olingan ma’lumotnoma;
oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari haqidagi ish joyidan olingan ma’lumotnoma;
kreditning qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar: (kafolatlar, garov shartnomasi va boshqalar).