Sotuvchining iste’molchi oldidagi majburiyatlari:
o‘lchov asboblarini, narxga doir hujjatlarni unga taqdim etish;
tovarni unga ishlatib ko‘rsatish, foydalanishni o‘rgatish;
zarurat bo‘lganda, tovarni ekspertizaga yuborish.
Ishlab chiqaruvchi tovarning yaroqlilik muddati xizmat muddati mobaynida, agar bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, iste’molchiga sotilgandan boshlab 10 yil mobaynida uning xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi.
Uzoq muddatli (1 yildan ortiq) foydalaniladigan tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi kafolat muddati belgilashi shart.
Tovarni ishlab chiqarish mobaynida va uni ishlab chiqarish to‘xtatilgandan keyin 10 yil davomida ehtiyot qismlar ishlab chiqarilishi shart.
Iste’molchiga zarar etkazadigan tovarni qaytarib olish xarajatlari ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tomonidan to‘liq qoplanadi.
Agar ishlab chiqaruvchi tovarning xavfsizligini ta’minlamasa, vakolatli organlarga murojaat qilish uchun havolaga o‘ting.