SUHBAT
– Men katta bo‘lsam shifokor bo‘larkanman. Oyim bilan dadam doim shunaqa deyishadi. Sen katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
– Menmi? Men yaxshi oyi bo‘laman!
– Yaxshi oyi qanaqa bo‘ladi?
– Yaxshi oyi… qo‘g‘irchoqlarimga kiyim tikaman deb pardani qirqqanimda urmaydigan, ertak o‘qib bering deganimda, har kuni “dadangga bor, men ertaga o‘qib beraman” demaydigan, devorga rasm chizganda “Qo‘lginang sinib ketsin” demaydigan bo‘ladi…