SEVGI MAHBUSI HIKOYA EMAS XAYOTIM

Men judda ham mag’rur edim. Meni boshimni hech kim ega olmasdi. Men shunchalar edimki, hatto «malikalarga” ham qo’l uchida qarardim. Men uchun qizlar sariq chaqadek edi. Faqat 1 kunlik o’yinchoq. Faqat bir kun, yani bir kecha uchun. Keyin alvido. Ular mani man ularni tanimiyman. Yahshiroq bo’lsa 2 kun edi. Lekin bunaqasi kam uchraydi. Man hech o’ylamagan edim bittasiga bog’lanib qolaman deb. U judda ham boshqacha edi. Uni ilk marotaba kechasi bekatda ko’rdim. U boshqa qizlardan ajralib turardi. Goh gohida avtobus kelayaptimikan deb boshini cho’zib qarardi. Shunda uzun sochlari yelkasidan tushib yerga tegay derdi. Kamiga shmol esib sochlarini orqaga yoyardi. U sal hafadek sochlarini yana yig’ib olardi. Unga tikkilib turib hayolimga u meniki bo’lishi kerakligi keldi. Uni oldiga borib hayosizlarcha undan, buni ayta olmayman. Qanday qilib shunday qizga bu gaplarni aytganimni hech tushuna olmayman. Yoki men ko’chadagi qizlar bilan ochiqchasiga gaplashaverib o’rganib qolgandirman. Nahotki bu qizni ham shunday kapalaklardan deb o’yladim. Uni bu gapimdan keyin ko’ziga yosh kelib, menga qarashlari va «men undaylardan emasman” deb nafratga to’la so’zlarini qalbim devoriga urilib, undagi barcha yovuz kuchlarni sindirib tashladi. Ko’chada yurgan g’ururli, boshi egilmagan mendek bir oliftani shu qiz birgina «men undaylardan emasman” degan so’zlari bilan poyiga bosh egdirdi. Undan tiz cho’kib gaplarim uchun kechirim so’rashga ham tayyor edim. Lekin u ketib qoldi. Ancha vaqt bekatda turdim. Qancha bilmayman. Ortimdan bir qizni bu o’sha sizmi degan gapi meni qo’zg’alishga majbur etdi. Qaradim. Kimligini tanimadim boshida. O’zini tanshtirdi. 1 oy oldin u bilan bo’lgan ekanman. O’zimdan o’zim jirkanib ketdim. Yonimda shayton turgandek edi. Indamay ortga burilib qochdim. Yugurdim. Yugurdim. Yugurdim. Nega yugurayotganimni bilmasdim. Rosa ko’p yugurdim. Oxiri bir darahtni orqasida to’xtadim. Qulog’imga bir qizni yordam so’rab baqirayotgani eshitildi. Nafasimni rostlamasdan o’sha tomonga yugurdim. Mashina turardi. Ichida bir erkak va qizmi? Bilmadim. Qiz nuqul baqirardi. Yordam so’rardi. Mashinaga yaqinlashib haligi erkakni ichkaridan sug’irib oldim. Ichkaridagi qizga qaradim. Bu o’sha uzun sochli qiz edi. Qanday qilib bunaqa joyga kelib qoldi. Haydovchiga qarardim yerda ayb ish qilib qo’ygan boladek qaltirab yotardi. Bir paytlar o’zim ham shunday ishlar qilib yurardim. Lekin bunchalikka bormasdim. Men zo’rlamasdim. Ular o’zlari hohlashardi. Haydovchini oldida meni gavdam savlatliroq edi. Unga nima sababdan singlimga tegajorlik qilganini so’radim. «U sizni singlizmidi, bilmabman. Meni shayton yo’ldan urdi” deya oldi halos. Qilar ishni qilib aybni shaytonga ag’dardi bu iflos. Bu payt uzun sochli qiz mashinadan tushib yugurib ketardi. Uni ortidan quvdim. Yetib oldim. Menga nafrat ko’zlari bilan qarardi. Unga men iltijoli tikilib turardim. Menda nima ayb dedim. U faqat bir gapni aytardi «men senlardan nafratlanaman. Hammang bir xilsanlar. Sen bo’lmaganingda men shu mashinaga chiqmasdim. Sen menga shilqimlik qilmaganingda avtobusga chiqardim. Nima hamma kechqurun yurgan qizlar «yomon” qizlarmi? Sen shunday fikrlaysan. Men shifoxonadan onamni oldidan kelayotgandim. Ular og’ir betoblar, o’zlarini eplay olmayaptilar, men 3 kun oldilarida o’tirdim. Bugun endi uyimga ketayotgandim. Uyda kichik ukalarim bor. Ularga ham men qarashim kerak. Senlar esa meni bu kuyga solayapsanlar. Shunaqa ham omadsiz bo’lamanmi? Keyin sen meni akammassan. Endi ket ko’zimga ko’rinma. Men sendan nafratlanaman” derdi . Men hayron qoldim. Nahotki shuncha azob boshini ko’tarib yuribdi. Mendan nima sababdan nafratlanadi. Unga yordam berishim kerak. Hayotda yahshi odamlar borligini ko’rsataman. U hohlamasa ham uyiga kuzatib qo’yaman. Nahotki men shunchalar tubanlashib ketgan bo’lsam. Men o’zgaraman. Ichimda yahshi inson borligini bilaman. U endi uyg’ondi. Bu qizni sevgisini qozonaman. Bu qizni gapirishlari, chiroyi meni o’ziga ohangrabodek tortdi. Uni sevgisi uchun har narsaga ham tayyorman. Qo’limga endi sevgi kishanlari taqildi. Bu kishandan meni hech kim ozod etolmaydi. Men butun umr shu kishanda yurishga tayyorman. Men uning asiriman. Men uni hech kimga bermayman. Men uni yordam qilibmas, odamiyligim bilan sevib qoldiraman. Men buni amalga oshira olaman. Kerak bo’lsa u bilan bemor onasini oldida hohlaganicha turaman. Unga dalda bo’laman. Uni menga bo’lgan nafrati muhabbatga aylanadi. Uni uyiga olib boraman…..