Demak, dori vositasi haqida xolis fikrlar:
Ushbu vosita haqida faqat .uz zonasidagi saytlarda ma’lumot mavjud. Rus segmentida (Yevropa va Amerika segmentlari u yoqda tursin hali) biron bir ma’lumot yoki fikrlar mavjud emas.
Vosita vitamin qo’shimcha ekanligi keltirilgan (BFQ — biologik faol qo’shimcha). Ya’ni muayyan ta’sir qiluvchi farmakologik vosita emas.
Ishlab chiqaruvchi kompaniya haqida hech qayerda lom-mim deyilmagan.
Jinsiy quvvatga ta’sir qiladi deyilgan, lekin aniq ta’sir mexanizmi haqida hech qanday ma’lumot yo’q.
Narxi 18.11.2019 holatiga ko’ra 140-150 ming atrofida (internet ma’lumotlariga ko’ra)
neyroforte tabletkasi haqida malumot
Shaxsiy amaliyotda qo’llab ko’rmaganman (ko’rmayman ham). Ishonchliligiga 10 ballik tizimda 3 baho qo’ygan bo’lardim.