Yuzga allergiya toshishi. uning sabablari va turlari
Organizm inson xayoti davomida kontaktda bo‘lgan narsalarga turlicha reaksiya bildiradi. Eng ko‘p tarqalgan reaksiyalardan biri allergiya xisoblanib, u shish, dog‘, xusnbuzar yoki boshqa toshmalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu kishining tashqi ko‘rinishni buzadi va bir qator yoqimsiz xissiyotlarni taqdim etib stress xolatigacha olib boradi. Yuzda allergiya paydo bo‘lganda tezkorlik bilan uning sabablarini aniqlash uchun allergolog yoki dermatologga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Yuzdagi allergik reaksiyalarning sabablari:
• Dori vositalari;
• Oziq-ovqat maxsulotlari;
• Konservantlar;
• Mog‘or zamburug‘lari;
• Ultrabinafsha nurlar (quyosh);
• Kosmetika vositalari;
• O‘simliklar changlari;
• Xasharotlar zaxari (chaqishi);
• Chang (kana);
• Uy xayvonlari (yunglari).
Yuzdagi allergiya sabablari allergen bilan kontaktda bo‘lgandan so‘ng 2-3 sutka o‘tib paydo bo‘ladi. Bunday xolatlarda teridagi sezilmas darajadagi allergik reaksiyalarga xam jiddiy e’tibor qaratish lozim. Negaki vaqt o‘tib ular nafaqat teri balki ichki a’zo va to‘qimalarda qaytmas patologik xolatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunda birinchi o‘rinda tezkorlik bilan shilliq pardalar, limfatik sistema va nafas a’zolari zararlanadi.
Avvalo allergik toshmalarni yuzdagi boshqa teri ko‘rinishlaridan inkor etish lozim. Agarda ertalabda yuzingizdagi shish uzoq vaqt ketmasa yoki qayta-qayta takrorlanaversa uning sabablarini topish va davolash lozim.
Yuzdagi allergik reaksiyalarning turlari:
Terining boshqa kasalliklaridan farqli ravishda allergiya o‘zining masshtabliligi, ko‘pligi, asosan yonoqlarda joylashuvi, teri qizarishi va qichishish bilan ajralib turadi. Bir sababning o‘zi yuzda turli xil toshmalar toshishiga olib kelishi mumkin. Masalan:
• Mayda toshmalar;
• Shish;
• Qizarish;
• Dog‘lar;
• Xusnbuzar;
• Po‘rsildoqlar;
• Kepaklanish.
Vrach ko‘rik paytida allergiyaning qaysi turi bilan zararlanganingizni aniqlaydi: eshak emi (krapivnitsa) mi, allergik kontakt dermatitmi, neyrodermit yoki ekzemami?. Allergiya uzoq vaqt dastlabki tekshiruv va yanada uzoq vaqt davolashni talab etadi.
Yuzdagi allergiya turlari.
Yuzdagi allergodermatozlar kuchli diskomfort va estetik noqulayliklar keltirib chiqaradi. Yuzdagi qizil toshmalar, ularning qichishishi bemorning vrachga murojaat qilishini asosiy sabablari xisoblanadi.
Quyida yuz terisida toshmalarga sabab bo‘ladigan bir necha xil kasalliklar turi keltirilgan:
• Atopik dermatit;
• Eshak emi (krapivnitsa);
• Kvinke shishi;
• Toksidermiya.
Yuzdagi toshmalarni turli allergenlar keltirib chiqarishi mumkin:
• Tashqi agentlar – o‘simlik changlari, ovqatlar, uy xayvonlari, mikroskopik kanalar, zamburug‘lar, chang;
• Ichki agentlar – autoimmun kasalliklar xisobiga xosil bo‘lgan oqsil tabiali birikmalar — autoallergenlar;
• Fizik omillar (sovuq, issiq, quyosh radiatsiyasi) – autoallergenlar ajralishiga sabab bo‘ladi.
Yuzda allergik toshma toshsa nima qilmoq kerak?
Dermatolog va allergologlarning umumiy qo‘llanmalari:
1. Avvalambor yuzdagi toshmalarning oddiy gormonal xusnbuzar emas, balki xaqiqatda allergik reaksiya ekanligiga ishonch xosil qiling.
2. Mustaqil ravishda oxirgi uch sutka davomida kontaktda bo‘lgan allergenni aniqlashga xarakat qiling.
3. Allergenni topsangiz uni bartaraf qiling. Aks xolda xayotingizdagi allergiya rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillardan ximoyalaning. Bular: dori vositalari, ekzotik mevalar, fastfudlar, alkogolli gazlangan ichimliklar, quyosh nuri, dekorativ kosmetika, gullar va uy xayvonlari bo‘lishi mumkin.
4. Dermatolog yoki kosmetolog ko‘rigiga yoziling.
5. Allergiyaga qarshi malxamlar va tabletkalarni vrach ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qiling. Ular shishni yo‘qolishiga, og‘riqni kamayishiga, qizarish va toshmalarni ko‘paymasligiga yordam beradi.
6. Kasallik davrida tonal krem, pudralar, kosmetik niqoblar, skrab va yuz kremlaridan foydalanmang. Yuzni yuvayotganda filtrlangan iliq suvdan foydalaning, suv va gel ishlatmang.
7. Toshmalarni qashlamaslikka xarakat qiling. Ularning kattalashishi va yaralanishiga yo‘l qo‘ymang.
8. Yuzingizni namlanishini oldini oling. Yomg‘irda qolganingizda, yuvinganingizda, kompress qilganingizda – tezlik bilan yuzingizni paxtali sochiq bilan quritishga xarakat qiling.
Allergiya jiddiy kasallik bo‘lib, ayniqsa yuzni zararlaganda davolash mutaxassis vrachlar tomonidan belgilanishi kerak.