Koʻp xarakat qilish tanani qizishiga sabab boʻladi. Shuning uchun isitma koʻtarilganda kam xarakatlanib, gorizontal xolatga oʻtish kerak.
2. Imkon qadar ust kiyimlarni yechib, yengil xavo oʻtkazadigan kiyimlarni kiying.
Tana terlashi kerak. Ter esa tana yuzasidan parlanadi. Bu jarayon organizmni tabiiy sovushini taʼminlaydi. Agar junjikish kuzatilsa yengilroq yopinchoqni ustingizga tashlab oling.
3. Koʻproq suyuqlik iching.
Isitma paytida organizm aktiv terlaydi. Bir tomondan bu foydali – terlash isitmani tushiradi. Ikkinchi tomondan zararli – organizm suvsizlanadi. Namlik qancha kam boʻlsa termoregulyatsiya shunchalik qiyinlashadi. Undan tashqari suvsizlanish salomatlik uchun zarar yetkazadi. Kasallik paytida esa bu yanada ifodalanadi. Shunday ekan organizmda suvsizlikni kelib chiqmasligi uchun imkon qadar koʻp miqdorda suyuqlik iching: suv, choy, kompot, mors va xakazolar. Undan tashqari umumiy axvolingizni nazorat qilib turing: lablarni qurishi, siyishni kamayib ketishi, siydik rangini toʻqarishi – bularning bari organizm suvsizlanayotganini belgisi.
Organizmni suyuqlik bilan toʻldirishda regidron yoki sport ichimligi – izotonik xam yaxshi yordam beradi. Ular metabolizm uchun va nerv tizimini normal faoliyati uchun kerak boʻlgan elektrolitlarni tutadi.
4. Retseptsiz beriladigan ogʻriq qoldiruvchilar iching
Eng yaxshisi paratsetamol tarkibli preparatlar. Ibuprofenning bir qator qarshi koʻrsatmalari mavjud: Uni 6 oylikdan kichik bolalarga berish mumkin emas; undan tashqari isitma suvchechak natijasida chiqqan boʻlsa organizmning umumiy axvolini ogʻirlatish mumkin. Oddiy paratsetamol isitmani tushirmasa ibuprofen tarkibli preparatlarni ichish mumkin.
5. Peshonaga sovuq kompress koʻying va tanani nam latta bilan arting.
Bu muolaja isitmani maʼlum bir muddatga tushirsada, sezilarli effekt beradi. Dori vositalarini taʼsiri bilingunga qadar qoʻllash tavsiya etiladi.
Isitmani qanday tushirish mumkin emas.
• 14 yoshdan kichik bollarga aspirig berish. Bu preparat yosh bolalarda Rey sindromini keltirib chiqaradi — yaʼni jigar va bosh miya shishi kuzatilishi mumkin.
• Terini sovuq suvga sirka yoki spirt qoʻshib artish mumkin emas. Ayniqsa yosh bolalarda. Parlanganda spirt nafas yoʻllariga oʻtishi mumkin. Undan tashqari teri orqali soʻrilib, alkogolli zaxarlanishga sabab boʻladi. Sirka esa terini kuyishiga olib kelishi mumkin.
• Vrach bilan maslaxatlashmasdan bemorni sovuq suvli vannaga tushirish. Xaroratni keskin oʻzgarishi qon tomirlar spazmini va bemorni umumiy axvolini yomonlashini keltirib chiqaradi.
Quyidagi xolatdarda darxol tez yordamga qoʻngʻiroq qiling yoki telefon orqali terapevt maslaxatini oling: