GIJJА VА BOShQА PАRАZIT KАSАLLIKLАRINING KELIB ChIQISh SАBАBLАRI

GIJJА VА BOShQА PАRАZIT KАSАLLIKLАRINING KELIB ChIQISh SАBАBLАRI

Odam va hayvonlarning aʼzo va toʼqimalari hisobiga yashovchi mayda chuvalchanglar – gijjalar (gelmintlar), ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deyiladi. Kasallik manbai bemor odam va gijjalar bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Gijjalar – chuvalchanglar, oʼzining parazitlik hayotini odam organizmiga oʼtkazuvchi organizmlardir. Bunda odam yoshi rol oʼynamaydi — kattalar ham, bolalar ham bir xilda kasallanishi mumkin.

Parazitlar insonga qanday yuqadi?

Shifokorlarning aytishicha, parazitlar turiga qarab turli usullarda yuqishi mumkin. Masalan, askoridalar, asosan, qoʼlini yaxshi yuvmaydigan bolalarda koʼp uchraydi. Ostrisalar esa odamga iflos qoʼllar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda ogʼiz va burunga tushadigan chang orqali ham yuqishi mumkin.

Kasallik belgilari

Gijjalarning xili, soni va qaysi organda parazitlik qilishiga qarab kasallik har xil kechadi. Parazitlar bilan zararlangan odamning vazni kamayadi, qorinda ogʼriq, koʼngil aynishi, ich ketishi yoki bosh aylanishi, jizzakilik paydo boʼladi. Gijja ichakda boʼlsa – ich qotadi yoki ich ketishi, koʼngil aynishi, qayt qilish holatlari kuzatiladi. Jigarda boʼlsa — koʼz oqi va badan sargʼayadi, shish paydo boʼladi, badanga har xil dogʼlar tushishi mumkin. Oʼpkada boʼlsa — isitma chiqishi va yoʼtal paydo boʼlishi mumkin. Shuningdek, odamning mehnat qobiliyati pasayadi, bolalarda rivojlanish orqada qoladi, yaxshi oʼsmaydi, xotira pasayadi, uyqusi notinch boʼladi.

ГИЖЖА ВА БОШҚА ПАРАЗИТ КАСАЛЛИКЛАРИНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШ САБАБЛАРИ

LYaMBLIYa. Hozirda eng koʼp uchrayotgan para- zit turi bu — lyambliya hisoblanadi. Lyambliya – oddiy, sodda jonivor. U oʼzidan oʼzi odam organizmida koʼpayadi. Lyambliyaning alomatlari ishtaha boʼlmaydi, ertalab nonushta qilishga qiynalish, kun boʼyi och qorinda yurish, bolalarda injiqlik, jizzakilik, ich oʼz-oʼzidan ketishi va qotishi boʼladi. Yuzdagi oq dogʼlar har doim ham gijja alomati emas ekan. Ular zamburugʼdan ham boʼlishi mumkin. Lyambliyani koʼpincha klizma qilishadi, holbuki, uni yoʼqotishda klizma qilish befoyda. Chunki klizma lyamblya oʼrnashgan joygacha yetib bormaydi.

Lyambliyani davolash usullaridan biri uni oʼldiradigan dori 5 kun ichiladi. Lekin bu dorini berishdan oldin jigarni yaxshilab tekshirish kerak. Keyin oʼlgan lyambliyalarni 5 kun ich surar qilib tushirish lozim. 20 kun yoki 1 oy oʼt haydovchi (makkajoʼxori popugi)ni yaxshi berilsa, lyambliya oʼlib tushadi. Lyamlblya yotib davolanishga muhtoj emas.

OSTRITsА. Bolalarda eng koʼp uchraydigan parazit – ostritsa (oddiy gijja), enteribioz kasalligini chaqiradi. Para- zitni lupasiz oddiy koʼz bilan najasda ham koʼrsa boʼladi. Ostritsaning oshqozon va ichaklarga tushishi, organizmning parazit bilan zararlanishi deganidir. Ostritsa tuxumlari tashqi muhitga ifloslangan najas bilan tushadi. Tuxumlarning tashqi qobigʼi noqulay muhitga chidamli va hajmi juda kichik. Bola atrof-muhitni oʼrganish, jismlarning taʼmi va tarkibini bilish maqsadida qoʼllari bilan har narsani ushlab koʼradi hamda ularni ogʼziga olib boradi. Shu yoʼl bilan ostritsaning tuxumlari oʼzining “boʼlajak kichik xoʼjayini” organizmiga tushadi. Ostritsa 20 sm.dan 40 sm.gacha boʼladi. 21 kun davomida yashaydi. Ostritsani davolashning eng oson yoʼli tozalikka eʼtibor berishdir.

АSKORIDА. Parazitlardan yana bir keng tarqalgan, bolalarda koʼp uchraydigan turi – askorida. Bu nematodalar oʼlchami 15 sm.gacha yetadi. Para- zit ingichka ichak- lar qovuzlogʼida joylashib olib, tushayotgan ovqatlarni yeb qoʼyadi. Аskorida najasga kamdan-kam hollarda tushadi. Urgʼochi askorida tuxumlarini najas analizida topish mumkin. Аgar najas tahlilida tuxumlar topilmasa, bu degani bola askorida bilan zararlanmagan degani emas. Аskoridaning hayot sikli bir necha yillarga yetishi mumkin.

Gijjalar bilan yuvilmagan mevalar va ifloslangan suv orqali zararlanishi ham mumkin. Koʼpincha zararlanish bolalarning hayvonlar bilan muloqotida, ular axlati tushgan tuproq va qumlarda oʼynaganda ham kuzatilishi mumkin. Bolalar koʼchada oʼynab kelganidan soʼng qoʼllarini yuvishmaydi, parazitlar bu vaqtda organizmga tushadi. Shuning uchun barcha bolalar yashash sharoiti va tarbiya muhitidan qatʼiy nazar birday zararlanishi mumkin.

Аniqlash usullari

Bola zararlangandan keyin va birinchi belgilar paydo boʼlganda, parazitlarga gumon qilinganda quyidagi tadbirlar oʼtkazilishi shart:

— najas analizi 3 marta olinadi, oraligʼi bir necha kun boʼlishi kerak;

— qonning gelьmintlarga analizi;

— qonning umumiy tahlili (ostritsa tuxumlariga);

Qoʼshimcha tekshiruv sifatida:

— ichki aʼzolar UTTsi;

— rentgenografiya;

— KT va MRT;

Bu tekshiruvlar parazitlarning boshqa organlarda joylashgan joylarini aniqlab beradi.

Eslatma:

Kasallik har bir odamda individual tarzda kechadi, shuni hisobga olgan holda, qanday davolanish muolajasini olishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni unutmang! Yiliga ikki marta oʼzingizga vaqt ajratib, shifokorga murojaat qilib, tekshirtirib tursangiz hamda asosiysi, gigiena va tozalikka eʼtibor qilsangiz parazitlar sizni bezovta qilmaydi.

Yulduz АBDULLАEVА,

Oilaviy polklinika

shifokori.