DIZЕNTЕRIYA haqida

DIZЕNTЕRIYA


Dizenteriya – o‘tkir yuqumli ichak kasalligi bo‘lib, uni dizenteriya tayoqchalari (shigellalar) keltirib chiqaradi. Suv, oziq-ovqatlar, ifloslangan qo‘llar, maishiy chiqindilar, hasharotlar (pashsha) kasallikning yuqish omillari hisoblanadi.


Kasallikning asosiy yuqish yo‘llariga e’tibor qaratsak: alimentar – oziq-ovqat mahsulotlari orqali (shigellalar bilan zararlangan sabzavotlar, non, sut, sut mahsulotlari va muddati o‘tgan, yetarli termik ishlov berilmagan yarimfabrikatlar), suv orqali – ifloslangan vodoprovod suvi, quduq, buloq va ochiq suv havzalari orqali, maishiy muloqot – ifloslangan qo‘l va atrof-muhit jihozlari (idish-tovoqlar, ko‘rpa – to‘shaklar, kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, kran va eshik tutqichlari).


Kasallik belgilari


Kasallikning yashirin davri asosan 2-3 kun, ba’zan 12-18 soatgacha bo‘lishi mumkin. Tana haroratining 38-39S gacha ko‘tarilishi, qorinda tutib-tutib og‘riq paydo bo‘lishi, axlatning tez-tez, yiring va qon aralash qattiq og‘riq bilan kelishi, darmonsizlik va bosh og‘rig‘i dizenteriyaning asosiy belgilari hisoblanadi.

Shu o‘rinda kasallikning dastlabki belgilari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish muhimligini unutmang!


Profilaktik tadbirlar:


— shaxsiy hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish;

— ovqatlanishdan oldin va hojatdan keyin qo‘llarni sovunlab yuvish;

— ho‘l mevalarni qaynatilgan suvda yuvib, iste’mol qilish;

— suvni qaynatilgan holda ichish;

— pashshalarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik;

— idish-tovoqlarning ozodaligiga ahamiyat berish;

— ruxsat etilgan suv havzalarida cho‘milish.