Sovuqqa allergiyani davolash.
? chora-tadbirlar extimoli mumkin bo‘lgan allergik reaksiyalarning oldini olishda yordam beradi. Ammo allergik reaksiya namoyon bo‘lganda yoki doimiy tusga o‘tganda nima qilmoq kerak? Shak-shubxasiz davolash kasallikning belgilariga bog‘liq.
1. Birinchi o‘rinda, sovuq qotayotganingizni xis qilayotgan bo‘lsangiz isinishga xarakat qiling: odeyaloga o‘raning, issiq choy iching va xakazo…
2. Teri toshmalari bezovta qilsa antigistamin malxamlari surting. Ular shish va qichishishni yo‘qotibteri qoplamalarini tiklanishini ta’minlaydi.
3. Sizning shilliq qavatlaringizni sovuqqa yomon reaksiya ko‘rsatishini bilgan xolda ko‘chaga chiqishdan oldin burunga antigistamin dorilardan tomizib oling.
4. Sovuqqa allergiyangiz doimiy tus olsa ko‘ra antigistamin tabletka yoki siroplarni ichish tavsiya etiladi.
Bu barcha choralar allergik reaksiyalarni davolashga emas, balki belgilarini yo‘qotishga va oldini olishga qaratilgan. Bu muammoga jiddiy yondoshishni istasangiz vrach maslaxatini oling. Terapevt, allergolog, dermatolog va immunologlar reaksiya sababini aniqlab adekvat dori terapiyasini yozib beradi.