Parkinsonizm, Parkinson kasalligi, titroq falaj — markaziy nerv sistemasining surunkali kasalligi , ateroskleroz, ensefalit, jismoniy shikastlanish va boshqalarda bosh miyaning pust osti yadrolari za-rarlanishidan paydo boʻladigan klinik sindrom.
Parkinsonizmda muskullar taranglashadi, yuz harakatsiz boʻlib, qotib qoladi, bemor mayda qadam tashlab yuradi, harakatlari cheklanadi, hatto kiyinish, tugmalarni qadashda qiynaladi. Titroq falaj koʻproq qoʻl panjalaridan boshlanadi (bemor goʻyo barmokqlari bilan sharchalar yasayotgandek harakat qiladi); bemorning boshi, oyoqlari ham titraydi, bemor qimirlamay turganda yoki juda hayajonlanganida, odatda, titroq kuchayadi, harakatlanganida kamayadi va uxlagan paytida bosiladi.