Digorlar – osetinlar guruhiga mansub xalq. Rossiyaning Shimoliy Osetiya, Kabarda-Bolqor Respublikalarida, Turkiya, Suriya va boshqa mamlakatlarda yashaydi. Eron tillar oilasiga mansub osetin tilining digor shevasida soʻzlashadi. Bu tilda soʻzlashuvchilar juda oz qolgan. Umumiy adadi ming kishidan kam.
Agar senga tanga soʻmday koʻrinmas ekan, boyimaysan.
Beruvchi qoʻl oluvchi qoʻldir.
Birga bir pud tuz yemaguningcha, odamning qandayligini bilolmaysan.
Bogʻingda hosil yoʻq boʻlsa, quyoshni ayblama.
Bolaga qoʻyib bersang, koʻmirni ham yeydi.
Butun oila kelinni maqtayverdi, keyin kelin ham oʻzini oʻzi maqtashga oʻtdi.
Yomon bajarilgan ish – uch karra ovoragarchilik.
Yomon odam faqat bir marta yaxshilik qiladi – oʻlganda.
Yer tanballik nimaligini bilmaydi, tanballik qiladigan – odam.
Ikkinchi kelin kelmaguncha birinchisi hurmat topmaydi.
Ilonni hech kim quchoqlamaydi.
Itning hurishiga va mastning gapiga eʼtibor berma.
Ish boʻri emas, oʻrmonga qochib ketmaydi.
Ishlashni xohlagan togʻ choʻqqisida ham ishlaydi.
Katta tegirmon ozgina suv bilan ishlamaydi.
Kichkina bolta katta daraxtni qulatadi.
Koʻp ishlagan kamroq charchaydi.
Qarzi koʻp odam yangi qarzdan qoʻrqmaydi.
Quyosh uxlab olishingni kutib oʻtirmaydi.
Mayda odam oʻzini namuna qilib koʻrsatadi.
Maslahat yaxshi, lekin uzluksiz maslahat yaxshi emas.
Maʼnaviyati mustahkamning aqli mustahkam boʻladi.
Muzda eng ehtiyotkor odam ham sirpanadi.
Odamni sharmanda qilishda qorindan oʻtadigani yoʻq.
Toʻgʻri odamga birovning adolatsizligi ham ogʻriq beradi.
Turgʻun suvni mogʻor bosadi.
Oʻzini sharmanda qilgan tez orada boshqalarni ham sharmanda qiladi.
Umid yetaklasa, charchamaysan.
Erta turgan afsuslanmaydi.
Eski qarzlarni toʻlash ogʻir boʻladi.
Eshak yoniga bogʻlangan ot eshakcha qiliqlar hosil qiladi.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
oriftolib.uz