22-dekabr Rossiyada energetiklarning kasbiy bayrami kuni
Har yili 22-dekabr — Rossiyada energetiklarning kasbiy bayrami Energetiklar kuni keng nishonlanadi. Tasodif emaski, bu qisqagina 1kun ichidagi shunday ulug‘ kunda bu kasb egalarining mashaqqatini, ular uzluksiz elektr energiyasini ta’minlashi, xonadon hamda barcha-barcha ishlab chiqarish ob’yektlarini elektr energiya ta’minotisiz qoldirmasdan, o‘z vaqtida nazorat qilish va elektr stansiyalarida energiya manbai ishlab chiqarishni to‘xtovsiz olib borish bu kasb egalarining ma’suliyati burchi hisoblanadi. Ushbu kunda (energetiklar kunida) Rossiyada GOELRO-loyihasi qabul qilingan. Energetiklar kunida barcha energetiklarni turli mukofotlar, medallar va xizmatlari uchun fidokorona ishchi fahriy-yorliqlar va ko‘krak nishonlari bilan tabriklaydilar. Hozirgi kunda Rossiya davlati butun jahonga energetika masalalari bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Dunyo energiyasini ishlatish bo‘yicha Rossiya Davlati eng ko‘p iste’mol qiladigan davlat hisoblanadi. Elektr energiyasini uzluksiz eksport qilishda ham energetiklarning mashaqqatli mehnatlari juda katta ahamiyatga egadir. Energetiklar kuni-rasmiy ravishda Rossiya davlatining esdalik va muhim sanalari kitobidan va qaydnomalaridan o‘rin olgandir.
22-dekabr eng qisqa kun va eng uzun tun
21-dekabrdan 22-dekabrga o’tar kechasi eng qisqa kun va eng uzun tun (17 soat) sodir bo’ladi. Qishning bu eng uzun va qorong’i kechasi Yaldo kechasi deyiladi. Elshunos olim Bilol Aminov yozishicha, Yaldo kechalarini kishilar zoriqib kutishgan. Qish kezlari hafta sayin gap-gashtak eyilgan, davraga to’plaganlar shirin suxbatlar qurishgan, sandal atrofida jam bo’lib palov yoki norin tonovul qilishgan. Yaldo kechalarida gap-gashtak o’tkazilgan xonadon sohiblari mehmonlarni to’kin dasturxon tuzab, kutib olishgan. Qo’y so’yilib, tandir nonlar yopilgan. Qishga asralgan qovun-tarvuzlar, uzum -anorlar omborlardan olib chiqilib, dasturxonga peshma-pesh tortib turilgan.Bu kechalarda birovni ig’vo qilish, g’iybat, gina-qudratga mutlaqo yo’l qo’yilmagan. Ahilu inoq ulfatlar kecha davomida birovni qizini turmushga berish, oralaridagi qiynalib qolgan oilalariga yordam qilish, to’y va ma’rakalarni o’tkazish kabilar haqida maslahatlashishgan. Yaldo kechalarida keksalar aloxida, yoshlar alohida yoki oila-oila bo’lishib, suhbat qilishgan. Xotin-qizlar ham o’z tengqurlari bilan ko’ngil ochishgan. Ular g’azalxonlik qilishgan, bahri-bayt aytishib, mushoirlar o’tkazishgan, raqs tushishgan, qo’shiqlar xirgoyi qilishgan, dutor-doira chalib, o’yin-kulguni qizitishgan.Mahalla choyxonalarida ham Yaldo kechasi o’tkazilib, gap-to’kma tashkil etilgan. Bunday gap-to’kmalarga sayyoxlar, boshqa yurtidan kelgan musofirlar, olimu fozillar, shoiru qalandarlar qatnashgan. Kishilar ularning suhbatlaridan dunyoda ro’y berayotgan yangiliklarni bilib olishgan. Xalq ashulachilari «Gulyoraxon-gulyora” kabi qo’shiqlarni aytib, o’yinga tushishgan. Yaldo kechasi eng uzoq tun bo’lgani uchun sevishganlar kechasi ham deyilgan. Yaldo kechasi sharq she’riyatida ham alohida ta’kidlagan. Bu kecha oshiqlar o’z yorlariga sovg’a-salomlar, shirinliklar hadiya etishgan.