Bayramning asosiy maqsadi-resurslardan unumli foydalanish, energiya manbalarini qayta tuzishni rivojlantirishga e’tiborni qaratishdan iborat. 11-noyabr –energiyani tejash kuni deb e’lon qilingan. SPARE koordinatorlarining 2008-yil aprel oyida Qozog’istonda bo’lib o’tgan xalqaro kengashida bayramni tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. 2008-yilning 11-noyabrida birinchi marta energiyani tejash kuni dunyo bo’yicha nishonlandi. Bu bayram xalqaro miqyosda katta e’tiborga loyiq bo’ldiki, bu loyihaga qo’shilishni hohlovchi davlatlar soni 20 taga yetdi. Energiyani tejash kuni nishonlanadigan har bir davlatda juda ko’plab tadbirlar o’tkaziladi va bu tadbirlarning maqsadi odamlarga energiyani tejashning nima uchun kerakligini tushuntirish, tejashning eng oddiy oson usularini o’rgatishdan iborat. Dunyoning ko’plab shaharlarida bu kunda tematik konferensiyalar o’tkaziladi, ko’rgazmalar va aksiyalar bo’lib o’tadi, o’quv dargohlarida energiyani tejash mavzusida darslar o’tkaziladi.