10-noyabr Buyuk Britaniyada Lord-mer Shousi o’tkazilgan kun
10-noyabr Buyuk Britaniyada Lord-mer Shousi o’tkazilgan kun
Eng mashhur, eng ko’p sonli, eng go’zal, eng tomoshabop va albatta, eng qadimiy shou- bu Lord-mer Shousi hisoblanadi. Shou 800 yildan buyon Londonda har yili noyabr oyining 2-shanbasida o’tkazilib kelinmoqda. Shouda bayram namoyishlari va karnavallar bo’lib o’tadi. Tantanali yurish London shahar boshqarmasi «Guildhall»dan boshlanib, mer qarorgohi oldida to’xtaydi va u yerda Vatanga sadoqat qasami ichiladi, bosib o’tiladigan yo’l Temza qirg’oqlarida nihoyasiga yetadi. Namoyishda minglab odamlar va yuzlab otlar ishtirok etadi. Lord-mer shousini Londonliklar juda yaxshi ko’rishadi, shou boshqa shahar va mamlakatdan kelgan turistlarni ham o’ziga jalb qiladi. Bayram an’anaviy ravishda Temza ustida mushakbozlik bilan tugallanadi. Biroq bu yil «brilliant” yubiley va olimpiya tantanalarini bayram qilinishi munosabati bilan o’tkazilgan katta miqdordagi mushakbozlik sababli olovli namoyish bekor qilindi.