6-noyabr «Melburn Kubogi» musobaqasi kuni

6-noyabr «Melburn Kubogi» musobaqasi kuni

Birinchi «Melburn Kubogi» 1861-yil noyabrda o’tkazilgan. Kubok o’tkaziladigan kun Avstraliyada eng mashhur kun hisoblanadi. Birinchi chopish musobaqasida 17 ta ot qatnashgan. Mukofot puliga 170 funt sterling va oltin soat ajratilgan. Hozirgi kunda «Melburn Kubogi» eng nufuzli o’yinlardan biri hisoblanadi va mukofot puli 5 million avstraliya dollarini tashkil qiladi. Otda chopish musobaqasi Viktoriya Racing Club rahbarligi ostida Melburnga qarashli Flemington shaharchasida o’tkaziladi. «Melburn Kubogi» Avstraliyaning eng mashhur milliy bayramidir. Noyabr oyining ikkinchi seshanbasida kunduzi 3.20 da avstraliyaliklar nima bilan mashg’ul bo’lishlariga qaramasdan, musobaqalarni boshlanishiga chalinadigan signalni eshitish yoki televizorda tomosha qilish uchun hamma ishlarini to’xtatadilar. Bu kuni Flemington otchoparida ko’plab tadbirlar ham o’tkaziladi. Dunyodagi eng taniqli chopish musobaqasiga taklif qilingan xonimlar o’zlarining liboslari, asosiysi, oxirgi urfdagi, ajoyib va kulguli shlyapalari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishga harakat qiladilar. Chopish musobaqalariga kunning yarmidan keyin start berilsa ham otchoparga tomoshabinlar ertalab 8-00 dan kela boshlashadi. Mamlakatdagi eng katta shouni ko’rish uchun 100 mingdan ortiq odam yig’iladi. 2005-yilda «Melburn Kubogi»ni ketma-ket uch marta qo’lga kiritgan Makaybi Diva tarix sahifalariga kiritildi. Maydonda moda namoyishi «Fashions On The Field» kunning muhim tadbirlaridan biridir. Eng zo’r kostyum kiygan musobaqa tomoshabini-ayol va erkak-qimmatbaho mukofot bilan taqdirlanadi. Eng oxirgi urfdagi kostyumlar va tendensiyalarni tomosha qilish, kubok tomoshabinlariga xuddi chopish musobaqalariday yoqimlidir. Model Jin Shrimpton 1965-yilda bo’lib o’tgan Melburn Kubogida kiygan kalta yubka dunyo bo’yicha mashhurlikka ega bo’lgan.