Xalqaro ortopedik hamshiralar kuni (International Orthopaedik Nurses Day) — internatsional kasb bayrami, har yili 30-oktyabrda nishonlanadi. Ortopediya deb- klinikaga oid tibbiyot bo’limini atashadi, u suyak-bo’g’im sistemasi funksiyalarining buzilishi, o’zgarishi, davolash va uni oldini olishga mo’ljallangan muolajalar hisoblanadi. Ortopediya klinik tibbiyotta travmotologiya bo’limi bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ortopediyaning timsoli- bu tekislanayotgan daraxt belgisidir. Ortopedik hamshiralar travmotologo-ortopedik patsiyentlarni parvarishi bilan shug’ullanishadi. Ular bunday bemorlarni yaralarini bog’lash, choklarni olish, ortez o’rnatish va gipsli shinalarni yechish bilan shug’ullanishadi. Ortopedik hamshiralardan maxsus malakali, o’ziga xos tajribali bo’lishlari talab etiladi. Xalqaro ortopedik hamshiralar kuni vatani — Amerika Qo’shma Shtatlari bo’lib, u yerda bu kun 1990-yilda Milliy ortopedik hamshiralar assotsiatsiyasi yordamida birinchi bor nishonlangan (NAON). Xalqaro maqomini bu kun 2001-yilda Buyuk Britaniya, Kanada, Malta va Gonkong kabi mamlakatlar qo’shilganidan keyin qo’lga kiritdi.