Muxandis-mexanik bu texnologik asbob-uskunalarni loyihalashtirish, konstruksiyalash va foydalanishga topshirish (ishga tushirish) bilan shug’ullanuvchi mutaxissisdir.
Bu kasb egalari ko’p narsani bilishlari va qila olishlari kerak.
turli ishlab chiqarish asbob-uskunalarini loyihalashtiradi, konstruksiyalashtiradi, ishga tushiradi va ishchilarni ishlab chiqarish vazifalari bilan ta’minlab bajarilishini nazorat qilishadi. Asbob-uskunalarning holati va texnika xavfsizligini nazorat qilishadi.
Chizmachilik va geometriya nazariy mexanika, mashina va mexanizmlar nazariyasi hisoblash texnikasi, ishlab-chiqarish texnologiyasi va uni tashkillashtirishni, avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, sohalar iqtisodiyoti kabilarni bilishlari zarur.
Ushbu kasb egalari konstruktiv va mantiqiy fikrlash, sinchikov va ziyrak, muhim qarorlar qabul qilish, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishlari zarur.