24-oktyabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni

1947-yil 31-oktyabrda BMT bosh asambleyasi dunyo jamiyatini BMT maqsadlari va yutuqlari bilan tanishtirish hamda o’z faoliyatida qo’llab -quvvatlashga erishish uchun 168-rezolyutsiyada 24-oktabr sanasini BMT kuni deb e’lon qildi. BMT dastlabki xujjatlaridan biri 1948-yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy dekloratsiyasi bo’ldi. 1971-yil 6-dekabrda BMT Bosh assambleyasi navbatdagi rezolyutsiyasida (№ 2782) BMT kunini xalqaro bayram bo’lishi kerakligini va BMTga a’zo mamlakatlarda dam olish kuni etib nishonlanishini taklif qildi. Hozirgi kunda BMTga a’zo davlatlar soni 193 tani tashkil etadi, ularning har-biri BMT Bosh assambleyasi a’zosi.


BMT kuni 20-dan 26-oktyabrgacha o’tkaziladigan BMT haftaligiga  kiradi. Bosh kotib so’zlariga ko’ra, BMT dunyoning har bir burchagida «Umidning tirik timsoli” hisoblanadi. BMT har bir inson qalbida va ongida zo’ravonlikka nuqta qo’yuvchi  va sabr bardoshliylikka asos soluvchi, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot sifatida yashaydi. BMT shu kabi inson ehtiyojlarini bajarishga yordam beradi.


BMT kunining bayram tadbirlari uchrashuvlar, yig’ilishlar, ko’rgazmalarni o’z ichiga oladi. Odatda bu kunda Bosh assambeliya zalida xalqaro konsert o’tkaziladi. Ba’zida maxsus tadbirlar o’tkaziladi, ularda BMT a’zolari elektron kommunikatsiya vositalari asosida turli shaharlar bilan bog’lanib teleko’prik o’tkazishadi.