22-oktyabr Xalqaro qog’ozsizlik kuni

22-oktabr Xalqaro qog’ozsizlik kuni

Qog’ozsiz kun — bu qog’ozsiz texnologiyalardan foydalanishda o’z malakalaridan foydalanishni, fikr almashinish yo’li bilan qog’ozdan ortiqcha foydalanmaslikni oldini olishga mo’ljallangan. «Qog’ozdan kerakli miqdorda foydalanish” — xalqaro «qog’ozsizlik” kompaniyasining asosiy fikri shundan iborat va u butun dunyo bo’yicha oktyabr oyining oxirgi payshanba kuni bo’lib o’tadi. Bu kuni ekonomikaning turli hududlaridan kelgan yetakchi kompaniyalar  birlashib, qog’ozni bekorga sarflanmasligiga qarshi turli qo’llab-quvvatlash aksiyalari o’tkazishadi. Xalqaro qog’ozsizlik kunining maqsadi — qaysi yo’l va qanday texnologiyalar yordamida tashkilot tabiiy resurslarni saqlash maqsadida qog’ozning ortiqcha sarf bo’lmasligini oldini olishdan iboratdir. Bu aksiyaning afzalligi shundan iboratki, u tabiatgagina emas, balki tadbirkorlikka ham foyda beradi. Tashkilotlarning elektron tizimga o’tayotganligini nazarda tutgan hoda, qog’ozdan nisbatan kamroq foydalanishi va uni sarf qilmasligi ko’zda tutilgandir. Shuningdek, Axborot va Tasvirlash boshqarmasi masalalari bo’yicha Assotsiatsiya ma’lumotiga ko’ra, tonna qog’ozning qayta ishlanishi va tejalishi natijasida 17ta daraxt, 26000 litr suv, 3 m.kub yer, 240 litr yoqilg’i va 4000 kVt/s elektr energiyani saqlanib qolinadi. Ammo, ma’lumotlarga ko’ra oxirgi 20 yil mobaynida qog’oz sarflanish taxminan 26%ga oshgan, shunga qaramay qog’ozdan butunlay foydalanmaslikning iloji yo’q. Xalqaro qog’ozsiz kun- bu qog’oz ishlatmasdan texnologiyalardan foydalanishda tajriba almashinish yo’llarin o’rganish va tabiatga ziyon yetkazmasdan tabiiy resurslardan to’g’ri foydalanishdan iboratdir. Xalqaro qog’ozsiz kuni — qog’oz ishlatilmaydigan texnologiyalardan to’g’ri foydalanishni o’rganish, malaka almashinish, tadbirkorlik va hayotga zarar yetkazmagan holda tabiatni asrashni o’rganishga qaratilgandir.