14-oktyabr Rigada Milliy Zoologiya bog’ining ochilishi kuni
14-oktyabr Rigada Milliy Zoologiya bog’ining ochilishi kuni
Birinchi zamonaviy hayvonot bog’lari bir necha yuz yillar avval barpo etilgan. 1992-yil noyabrda hayvonot bog’i va akvariumi Yevropa Hayvonot bog’lari Assotsiatsiyalari qatoriga kiritildi. 22-dekabrda Latviya Respublikasi Oliy Kengashi Riga zoologiya bog’iga Milliy Zoologiya bog’i maqomi berilishi haqida qaror qabul qildi. 1993-yilning iyul oyida Zoologiya bog’ining shahardan tashqarida bazasi tashkil etildi. 1997-yilda Zoologiya bog’ida «Kichik gigantlar” nomli harakatlanuvchi ko’rgazma ishlay boshlagan- bunda qimirlovchi qo’g’irchoqlar bir necha bor kattalashtirilgan hasharotlarni talqin etadi. Ko’rgazmada shuningdek, tirik eksponatlar va rivojlantiruvchi o’yinlar mavjud. 1998 yil 13-noyabrda yo’lbarslar uyi ochilgan — Yevropadagi eng katta qurilish inshooti hisoblanib, u firma va qiziquvchi insonlarning hayriyalariga barpo etilgandir. Eng ko’p mablag’ni Latviya atrof-muhitni muhofaza qilish va Master Foods firmalari jamg’armasi bergan. 1999-yil 15-mayda Qishloq hovlisi ochildi, u yerda Latviyaga tegishli bo’lgan uy hayvonlari haqida ma’lumot olib, tanishish mumkin. 25-may kuni 80 turdagi hayvonlariga ega bo’lgan Riga zoologiya bog’ining tropik uyining eshiklari tashrif buyuruvchilar uchun eshiklarini ochdi. U yerda ham suvda ham quruqlikda yashovchi, sudralib yuruvchi, suyaksiz va tungi hayvonlar bor. Bu Rigadagi eng yirik Zoologiya bog’i hisoblanadi, unda asosan bargxo’r chumolilar to’plami qiziqdir.