11-oktyabr xalqaro qizlar kuni (bayram) ko’p mamlakatlarda xalqaro qizlar kunini tantanali ravishda e’lon qilgan. Ushbu sana BMT bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan bo’lib, unda qizlar haq-huquqlarini himoyalash kuni e’lon qilindi. Qizlar kuni 2012-yildan boshlab nishonlab kelinmoqda. Ushbu kunga bag’ishlab, ko’p mamlakatlarning dolzarb muammosi bo’lgan qizlarni yosh turmushga berish masalalari yoritilgan. Statistik ma’lumotlarga ko’ra har uchdan bir qismi, qiz bolalar 18 yoshgacha turmush qurar ekan. Ayrimlar 15 yoshga to’lishi bilanturmush qurar ekanlar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko’rsatkich juda ham ayanchlidir, 90% ini yangi tug’ilayotgan chaqaloqlar 15-19 yoshdagi o’smir qizlar nikohidan tug’ilar ekan. Yosh turmush qurish inson haq-huquqlarini poymol qilish, bolalik davridan mahrum qilish, ta’lim olishda qiyinchilik tug’dirish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.