7-oktyabr Angliyada birinchi nusxa ko’chirish qog’ozi patentlashtirilgan kun
7-oktyabr Angliyada birinchi nusxa ko’chirish qog’ozi patentlashtirilgan kun
7-oktyabr kuni nusxa ko’chirgich —eng birinchi portativ—ko’tarib yurishga qulay kseroks patentlashtirildi. Nusxa ko’chirish qog’ozi, kopirka —yupqa qog’oz bo’lib uning bir tomoniga buyoq qatlami surkalgan. Bu qog’oz qalam bilan yozganda yoki rasm chizganda, sharikli ruchkada yoki yozuv mashinkasida bir necha nusxa olish uchun mo’ljallangan. Mazkur texnologiya ilk bor Buyuk Britaniyada 1806 yili 7 oktyabrda kashf qilindi. Kopirka qog’ozining qora (yozuv mashinkasi uchun) va binafsha (qo’lyozmalar uchun) rangdagisi eng ko’p tarqalgan turi hisoblanadi. Biroq boshqa ranglardagi kopirkalar ham ishlab chiqarilgan. Odatda kopirka qog’ozining varag’i ikki varaq orasiga bo’yoq qoplangan tomoni pastga qaratib qo’yiladi. Qo’lda yozayotganda (yoki mashinkada) qalam bosimi tufayli kopirkaning bo’yog’ini pastdagi varaqda qoldiradi. Kopirkani noto’g’ri qo’yilganda nusxa ko’chirilmaydi, balki yozuvlar yozayotgan qog’ozning ostiga tushib qoladi. Natijada yozuv yoki rasm teskari bo’lib chiqadi. Bir vaqtning o’zida yozuv va kopirka qog’ozini navbatma-navbat qo’yib bir nechta nusxa ko’chirish mumkin. Ko’chirish mumkin bo’lgan nusxalarning soni yozuv qog’ozining qalinligiga va yozayotgandagi (yoki yozuv mashinkasining) bosish kuchiga bog’liq. Tajribada bu yo’l bilan o’qilishi mumkin bo’lgan besh varaq qog’ozdan ortiq nusxa olib bo’lmaydi. Kseroks va boshqa orgtexnika apparatlari ishlab chiqarilishi bilan kopirka qog’oziga bo’lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamaydi. Hozirgi kunda kopirka qog’ozlarining o’rnini kseroks va boshqa matbaa uskunalari va mashinalari egalladi. Ular bilan turlicha qog’ozlarga to’liq ranglarda, istagan format va hajmda matn yoki suratlarni chop etish mumkin. Bugungi kunda mazkur chop etish uskuna va mashinalarisiz jurnallar va gazetalarini chop etilishini tasavvur etish mushkul.