4-oktyabr Butunjahon hayvonot olamini himoya qilish kuni
4-oktyabrda barcha hayvonot olamini sevuvchilar uchun bayram hisoblanadi.1931 yil Florepsiya shahrida bo’lib o’tgan tabiatni himoya qilish tarafdorlari xalqaro kongressida har yili 4-oktyabrni Butunjahon hayvonot olamini himoya qilish kuni sifatida nishonlash to’g’risida qaror qabul qilingan.
Hayvonot olami tabiatning bizga in’om etgan bebaho boyliklaridan biridir. U tabiiyligi bilan atrof muhitning kurki hisoblanibgina qolmay balki iqtisodiy-moddiy extiyojlarni qondirishda ham muhim o’rin tutadi.
Hayvonot olamini muhofaza qilish deganda har bir fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolarining hayvonot olami ob’ektlarini asrash va «Qizil kitob»ga kiritilgan yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turlarini o’zining onglilik darajasiga ko’ra uni kelajak avlodga yetkazishni burch deb bilishi va himoya etishidir. Demak, hayvonot olami ob’ektlarini muhofaza qilishda va tabiatni asrashdagi ma’sullik va madaniyatning o’rni nihoyatda katta va alohida ahamiyat kasb etadi.