1908-yilda Amerikalik injiner va sanoatchi Genri Ford Ford- T deb nomlangan yangi avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshladi. Bir yil o’tib, ya’ni 1909-yilda, Rossiyada 1-seriyali avtomobil ishlab chiqarildi. O’sha paytlarda buning naqadar jadal rivojlanish ekanini hech kim tahlil qilmagandi. Bir kunni avtomobilsiz o’tkazish fikri 1998-yilda Fransiyada tug’ildi. O’shanda bu kunni bor yo’g’i 20 tacha shahar nishonladi. 2001-yilga kelib esa dunyoning 35 mamlakatida mingdan ortiq shaharda nishonlanadigan bo’ldi.
Bugungi kunda mamlakatlarning juda ko’pchiligi faqatgina katta shaharlarda muammo bo’layotgani yo’q. Bu muammo yarim asr mobayinida global darajaga yetgan. Avtotransport nafaqat sayyoramiz biosferasini, balki insonga ham ziyon yetkazadi.
Har kuni avtomobildan 3000 dan ortiq odam qurbon bo’lishi hisoblab chiqilgan. Statistika bo’yicha har minutda yangi avtomobil ishlab chiqariladi. Shunday bo’lsada ishlab chiqarish tobora o’sib bormoqda.
Avtomobil alkogol va tabakadan so’ng eng ko’p reklama qilinadigan mahsulotlar ichida 3-o’rinda turadi. Zamonaviy hayotimizda avtomobil’dan butunlay voz kechish mumkin emasligini tushungan holda, shahar hokimlari va turli tashkilotlar boshliqlari jamiyatga avtotransport keltirib chiqaradigan muammolarni yilda bir bor bo’lsa ham eslatib o’tishadi.
Bugungi kunda Yevropaning yirik shaharlarida tramvay, trolleybus, avtobus, metro va boshqa jamoat transportlari, jumladan velosiped va yayov yurish foydasiga avtomobildan foydalanishni kamaytirishadi.