Buyuk Britaniyada 14-sentyabr — baxmal ayiq kuni nishonlanadi. Har yili Angliyaning eng nufuzli markazlaridan biri sanalgan Londonning Kensington tumanida, juda g’aroyib sanalgan, baxmal ayiqlar festivali o’tkaziladi va u mashhur bo’lgan, qadimiy Angliyaning ramzi hisoblangan Teddy Bear ayig’iga bag’ishlanadi. Ishtirokchilar (ularni tantanali «ayiq ijodkorlari” deb atashadi) o’zlarining baxmal ayiqlarga bag’ishlangan mualliflik ijodlarini, ya’ni, 170 ga yaqin stendlar, minglab ishtirokchilari bilan qatnashadilar. Festivalda faqatgina yoqib qolgan baxmal ayiqni sotib olmasdan, balki, ozgina yaroqsiz bo’lib qolgan ayiqni ta’mirlash va shaxsiy ayiq yaratish uchun turli qismlar (ko’z, dum, panja)lar sotib olish imkoniyati ham bo’ladi. Kirish chiptasi 4 funt (taxminan 8 dollar)ni tashkil etadi va kirishga juda uzun navbat bo’ladi. Festival juda qiziq va maroqli o’tadi. Ishtirokchilar qiziqarli ma’lumotlar bilan ketishadi.