14-sentyabr Xalqaro sartaroshlar (parekmaxer) kuni
14-sentyabr Xalqaro sartaroshlar (parekmaxer) kuni
Har bir ayol biladiki qo’li gul usta stilist-parikmaxerni topish o’ta muhim. O’z ishining ustasi bo’lgan parikmaxer (sartaroshni) ismi o’zgacha tilga olinadi. Axir har qanday ayolni qirolichaga aylantira oladigan «aynan o’sha” sartoroshni topguncha necha bor soch kestirib omadsizlikka uchrash mumkin. Ammo qo’li gul sartoroshlarning kasb bayrami qachonligidan xabaringiz bormi?
Xalqaro sartarosh (parikmaxer kuni) bilan sartaroshingizni 14 sentyabr kuni tabriklashingiz mumkin. Avvallari bu uncha muhim kasb hisoblanmas edi. Achinarlisi shuki, aslida, eng yaxshi soch turmagini to’g’ri va aniq tanlash uchun klient (mijoz) sochining xususiyati, va rangi, yuzi hamda umumiy ko’rinishini hisobga olish kerak. Bu ishda fantaziya ham muhim. Shuning uchun ham parekmaxerlar kuni Yevropada ayniqsa Angliyada keng nishonlanadi. Aynan Angliyada rasmiy sartaroshlar o’zlarining eng yaxshi ishlarini turli konkurs va bellashuvlarda ko’rsatishadi.Xalqaro parekmaxerlar kuni yaqindan beri Amerikada ham mashhur bo’lib bormoqda chunki eng zamonaviy sartaroshlar (oxirgi) shu davlatdan bo’lib bizni oxirgi yillarda yangi obrazlar (ko’rinishlar) bilan xursand qilib kelmoqdalar.