Xitoyda o’qituvchilar kuni 1989-yidan beri har yili 10-sentyabrda nishonlanadi. Bayram esa rasman 1985-yil 21-yanvarda ta’sis etilgan. Bu kun Xitoyda ta’lim sohasi vakillari sharaflanadi.
Bayramni nishonlashdan maqsad madaniy inqilob yillarida yo’qotilgan aqliy mehnat nufuzini ko’tarishdir. Bugungi kunda Xitoyda zamonaviy ta’lim tizimi Yevropa nusxasiga asosan qurilgan majburiy ta’lim olti yoshdan boshlab, 9 yil davom etadi. Shundan 6 yili boshlang’ich maktabda ta’lim bo’lib, o’rta ta’limni 1-bosqichi 3 yil davom etadi. Oliy ta’lim muassasasiga kirishni xohlaganlar oily «Oliy maktabda” yana 3 yil o’qishlari kerak bo’ladi. Xitoy o’rta ta’lim tizimida xalqaro maktablarning o’rni alohida. Ularda o’quvchi xorijiy talabalarning foizi yuqori, ta’lim esa bir necha tilda olib boriladi. Xitoyda o’qituvchilar kunida o’quvchilar hurmat tariqasida o’z ustozlariga otkr’tka, gullar va sovg’alar beradilar.