6-sentyabr Shimoliy qutbni ochgan Robert Piri qutb safar boshlagan kun
6-sentyabr Shimoliy qutbni ochgan Robert Piri qutb safar boshlagan kun
1909-yil 6-sentyabrda amerikalik Robert Piri Labrador yarim orolidan turib 1909-yil 6-aprelda qutbga yetib borganligini xabar qildi. («Arktika” so’zi grekcha «ayiq” ma’nosini bildiruvchi so’zdan kelib chiqqan. Shimoliy qutb sohasi nomi ikkita shimoliy yulduzlar turkumi: Katta ayiq va Kichik ayiq so’zlaridan olingan). Shimoliy qutbni Robert Piri ochgan deb hisoblab kelindi. Unga admiral unvoni berilib, medal va Faxriy legion ordeni topshirildi. Piri qutb tadqiqotlari tarixidagi o’z ishiga astoydil berilgan va muvaffaqiyatga erishgan, va bir vaqtning o’zida eng yoqimsiz taassurot qoldirgan kishilardan biri. U haqiqatan ham layoqatli, o’z maqsadi yo’lida mardonavor harakat qiladigan, qat’iyatli, o’jar, tashkilotchi kishi bo’lgan, biroq unda shuhratparastlik, dong taratishga ishtiyoq kuchli bo’lgan. Shimoliy qutbni birinchi bo’lib ochganligini da’vo qilgan Piri Kukni firibgarlikda aybladi. Barcha ustunlik-mashhurlik, hokimiyat tomonidan qo’llab-quvvatlash va ko’p sonli nufuzli homiylarning bariPiri tarafida edi. AQSh kongressi «qutbni ochilishi to’g’risidagi ish”ni ko’rib chiqib, Kukni shon-shuhratga intilgan firibgar deb e’lon qildi. 1926-yil 12-mayda Shimoliy qutb ustidan ilk marotaba havo kemasi uchib o’tdi. Bu bortida 16 nafar ekspeditsiya a’zolari bo’lgan «Norvegiya” dirijabli edi. Ularning orasida norvegiyalik Rual Amundsen ham bor edi.