27-avgust Ginnesning rekordlar kitobining birinchi kitobi nashrdan chiqdi.
27-avgust Ginnesning rekordlar kitobining birinchi kitobi nashrdan chiqdi.
Rekordlar kitobini chop qilish g’oyasi 1951-yilda, ajoyib bir vaziyatda tug’ilgan. 1955-yili Buyuk Britaniyada «Ginnesning rekordlar kitobi” ning ilk soni nashrdan chiqdi. Bugun bu kitob barchaga birdek tanish. Kimdir unnng sahifalaridan joy olishga umrini bag’ishlasa, boshqa birov bor-budini ayamaydi. Rekordlar kitobini chop qilish g’oyasi 1951-yilda, ajoyib bir vaziyatda tug’ilgan. Bir o’tirishda ingliz kiborlari evropadagi qushchalarning qaysi biri eng tez uchishi haqida hazilomiz bahs boylab qolishdi. Birov «u” deydi. Birov «bu”. Munozaradan ta’sirlanib ketgan davra ishtirokchilaridan biri ser Xyu Biver uyiga qaytgach, turli noan’anaviy rekordlar to’g’risida ma’lumot yig’ishga, so’ng uni bir Janob Xyu kitobni qadimgi ajdodlari nasabi bilan, ya’ni «Ginnss” deb ataydi. Nashirni tayyorlash uchun Londonda maxsus agentlik ochiladi. Uning xodimlariga turli sohalardagi qiziqarli yutuqlarni qayd qilish vazifasi yuklatiladi. Ma’lumot to’plash jarayonida rekordlarga oid faktlar bu borada guvohlar va mutaxassislar fikrlari o’rganiladi. Natijada 1955-yil 27-avgustda «Ginnes”ning 198 sahifalik nashri dunyo yuzini ko’rada. Kitob ilk kunlardanoq qo’lma-qo’l bo’lib ketadi. «‘Ginnssning rekordlar kitobi sarlavhasi ostida chiqqan keyingi kitoblar ham eng ommabop nashrlar qatoridan joy oladi. Bugungi kunda har yili 80 milliondan ziyod nushada 40 ta tilda chop etiladigan mazkur kitob jahonning 100 dan ortiq mamlakatida o’z muhlislariga ega. Darvoqe, «Ginnesning rekordlar kitobi” adadi eng katta nashr sifatida «Ginnesning rekordlar kitobi” dan joy olgan!