25-avgust Belorussiya Respublikasida Mustaqillik kuni
Belorussiya sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Shimolig’arbda-Litva va Latviya, sharqda-Rossiya, janubda-Ukraina, g’arbda-Polsha bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi-3098 km. Mamlakat hududi asosan tekisliklardan iborat. Tepaliklar kam uchraydi, ulardan Minsk tepaligi alohida ajralib turadi. Iqlimi mamlakatning deyarli hamma joyida bir xil. Yirik daryolari- Dnepr, pripyat, Berezina, G’arbiy Dvina, neman, Soj. Mamlakatda Naroch, Osvey, Svityaz kabi yirik ko’llar bor. Tabiiy qazilma boyliklari: kaliyli va toshli tuzlar, ko’mir, komir, neft, torf. Belarusda keng bargli o’rmonlar tarqalgan bo’lib, ular mamlakat hududining 1/3 qismini egallagan. Belarus o’rmonlarida asosan 8 turdagi daraxtlar, 70 turdan ortiq butalar va yarimbutalar o’sadi. Mamlakat hududida juda ko’p dorivor o’simliklar-archagul, itburun, zira, marvaridgul o’sadi. Davlat tuzlishi-unitar davlat. Davlat boshligi-prezident. Hukumat boshlig’i-bosh vazir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Respublika Kengashi va Vakillar Palatasidan iborat parlament-Millat majlisiga tegishli. Mamlakat 6 ta-Brest, Gomel, Grodno, Minsk, Mogilyev va Vitebek viloyatlariga bo’lingan. Yirik siyosiypartiyalar: Belarus birlashgan demokratik partiyasi, Belarus Sotsial-demokratik partiyasi, Belarus xalq fronti, Belarus kommunistik partiyasi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: avtomobilsozlik va traktor mashinasozligi, radioelektronika, yengil va kimyo sanoatlari, uskunasozlik, oziq-ovqat, harbiy texnika ishlab chiqarish. Qishloq xo’jaligi asosan donli ekinlar, kartoshka, sabzavotlar yetishtirishga hamda go’sht va sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. VII asrdan boshlab hozirgi Belarus hududida slavyan qabilalaridan dregovichlar, radimichlar, krivichlar istiqomat qilganlar. Dastlabki8 shaharlar-Minsk (1087), Vitebek, Pinsk, Brest XI asrda paydo bo’ldi. XII asrda feudal tarqoqlik bosjhlangan bir vaqtda bir qator mayday knyazliklar: Polosk, Turovo-Pinsk, Grodno Minsk va boshqalar vujudga keldi. XiV asrda butun Belarus yerlar Litva Buyuk Knyazligi tarkibiga kirdi. 1569 yili Polyak-Litva davlatlarining birlashuvi oqibatida Rech Pospolita davlati tashkil topdi. Belarus ham o’z-o’zidan bu davlat tarkibiga kirdi. 1569 yili Polyak-Litva davlatlarining birlashuvi oqibatida Rech Pospolita davlati tashkil topdi. Belarus ham o’z-o’zidan bu davlat tarkibiga kirdi.