24-avgust O’zbekistonlik ilk kosmonavt Solijon Sharipov tavallud topgan kun

24-avgust O’zbekistonlik ilk kosmonavt Solijon Sharipov tavallud topgan kun

Solijon Sharipov — o’zbek millatiga mansub ilk kosmonavt. Rossiya va Qirg’iziston qahramoni. 1964-yilning 24-avgustida O’sh viloyati O’zgan shahrida o’zbek oilasida tug’ilgan. 1987-yili aviatsiya bilim yurtini tugatganidan so’ng murabbiy uchuvchi bo’lib ishlagan.Turli rusumdagi samolyotlarda hammasi bo’lib 950 soat parvoz qilgan. 1990-yili sovet kosmonavtlari otryadiga qabul qilingan. «Soyuz TM” kosmik kemasi va «Mir” orbital stansiyasida parvoz uchun ekipaj komandiri sifatida tayyorgarlikdan o’tgan. 1994-yili Moskva davlat universiteti kartografiya mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. Ilk bor fazoga 1998-yilning 23-yanvaridan 31-yanvarigacha «Endevor” kemasida parvoz qilgan. Parvoz 8 sutka 19 soat 46 daqiqa 54 soniya davom etgan. Sharipovning kosmosga ikkinchi parvozi 2004-yilning 14-oktyabridan 2005-yilning 25-apreligacha davom etgan. Parvoz davomida u ikki bor ochiq kosmosga chiqqan.