20-avgust Alaska yarimoroli ochilgan kun

Bering Vitus Ionassen (Ivan Ivanovich) — dengizchi sayyoh, kapitan — komandor. Asli daniyalik, 1703-yil rus flotiga taklif qilingan. 1724-yilgacha Boltiq va Azov dengizlari flotlarida xizmat qilgan. Boltiqga 1725-yilda Osiyo bilan Amerika quruqlik orqali tutashganligi yoki bo’g’oz orqali ajralganligini aniqlash vazifasi topshirilgan. 1-Kamchatka ekspеditsiyasi 1728-30-yilga boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya Chukotka yarim oroli bilan Alyaska oralig’idagi bo’g’oz orqali 670180 gacha suzib o’tib yana orqaga qaytadi. Bering 1733-yil 2-Kamchatka ekspeditsiyasiga boshliq qilib tayinlandi. 1741-yil 17-iyulda Bering dengiz orqali Shimolga Amerika sohillariga yetib bordi. Aleut orollaridan ba’zilarini kashf qildi. Orqaga qayitishda Kamchatka sharqidagi orollardan biri hozirgi Bering orollarida qishladi va o’sha yerda vafot etdi. Bering nomiga Tinch okean shimolidagi dengiz, bo’g’oz  va  orol  qo’yilgan.