19-аvgust Slоvakiyada olmalar kuni

19-аvgust Slоvakiyada olmalar kuni

Olma o‘simligi atirguldoshlar oilasiga mansub bo‘lib, florada 23 turkumi va 600 turi mavjud. Olma turlari O‘rta Osiyoning tog‘li o‘rmonlarida, Yevropaning tropik zonalarida tabiiy holda uchraydi. Hozirda seleksioner olimlarning izlanishlari orqali olmaning turli xil navlari yaratilmoqda. Olma mevasi – ko‘plab beqiyos darmondorilar va mikroelementlar manbai hisoblanadi. Olma qip-qizil yoxud sap-sariq bo‘lib, g‘arq pishganini ko‘pchiligimiz xush ko‘ramiz, ammo nordon olma shifobaxshlikda yetakchi hisoblanadi. Ko‘k rang olma tarkibida pektin mo‘l va qand moddasi keskin kamligi bois, benazirdir. Qizil, qirmizi olma foydali jihati bo‘yicha ko‘k ranglidan keyingi o‘rinda turadi. Sariq rang yoki oqish-shirin olmalar esa shifobaxsh jihatlari bo‘yicha eng quyi o‘rinda turadi. Olma tarkibida 15 foizgacha limon kislotasi, temir, kaliy, mis, vitaminlardan V1, V2, RR, A va folat kislotasi mavjud. Ammo uning eng qimmatli jihati tarkibida askorbin kislotasi (vitamin S) va pektin moddasi mavjudligidadir. Iste’mol qilingan olma hali oshqozon-ichak tizimida turgan damlardayoq pektin moddasi yordamida xolesterin miqdorini 10-15 foizga kamaytirishi aniqlangan. Olma nafaqat xushxo‘r meva, balki shifobaxsh ne’mat sifatida azaldan qo‘llab kelingan. Abu Ali ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida olma mevasi xususida bir qancha ma’lumotlar qoldirib ketgan. Ibn Sino bemorning mijozi issiq yoki sovuqligini inobatga olib, olmani har xil kasalliklarda qo‘llagan. U pishmagan olma ko‘p iste’mol qilinganda buyrakda tosh hosil bo‘lishi mumkinligi haqida ham aytib o‘tgan.

Xalq tabobatida bu meva bilan quyidagi kasalliklarni davolashgan:

1) peshob yo‘li toshlari tushirilgan;

2) oshqozon-ichak yallig‘lanishi davolanilgan;

3) surunkali bod kasalligini davolashda qo‘l kelgan;

4) ovoz bo‘g‘ilishida ham bu meva benazir vosita hisoblangan.

Zamonaviy tibbiyot ham olma bir qancha kasalliklarga davo bo‘lishi va beqiyos darmondorilar manbai ekanligini tasdiqlaydi. Zamonaviy tabobat olma mevasi qator mikroblarga qiron keltirishini, qon harakatini maromiga solishi, parishonxotirlik, miya horg‘inligini ketkizishini e’tirof etgan. Shuningdek, podagra va dizenteriya kasalliklarida olmali parhez qo‘l kelishi isbotlangan. Olma po‘stlog‘ida katta miqdorda kversetin antioksidanti mavjud bo‘lib, u S vitamini bilan birga erkin radikallarning organizmga zararli ta’sir ko‘rsatishiga halaqit beradi. Pektin olmaga uning asosiy himoya kuchini beruvchi modda ham hisoblanadi. U organizmga kiruvchi qo‘rg‘oshin va margimush kabi zararli moddalarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi. Olmadagi erimaydigan tolalar ich qotishi va bu bilan yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanishining oldini oladi. Xalqimiz olma mevasini har xil ko‘rinishda, xususan yangi uzilgan, murabbo yoki sharbat holida tanovul qiladi. Tadqiqotchilar kuniga 2 dona olma iste’mol qilish organizmdagi xolesterin miqdorini 16 foizga kamaytirishini aniqlashgan. Buning ma’nosi shuki, aholi orasida ateroskleroz, insult, infarkt kasalliklari yuzaga kelishining anchayin kamayishiga olib keladi. Buni olma tarkibidagi pektin moddasi amalga oshiradi. Olma tarkibida ko‘p miqdorda temir moddasi bo‘lib, u qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi. Gemoglobin esa to‘qima va hujayralarga kislorod yetkazib berishdek muhim bir vazifani bajaradi. Organizmda temir yoki gemoglobinning kamligi xalq orasida anemiya yoxud kamqonlik deb ataladi. Olma sharbati ham organizmga juda foydali bo‘lib, ayniqsa aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar uchun zarur ichimliklar qatorida turadi. Olma sharbatini tayyorlashda bir jihatga albatta e’tibor berish kerak bo‘ladi. Serquyosh o‘lkamizda yetishtiriladigan olmalarning tarkibida qand miqdori yuqori bo‘lganligi sababli sharbatlarga tengma-teng miqdorda qaynatilgan suv qo‘shib iste’mol qilinadi. Bu organizmda ortiqcha qand yig‘ilishining oldini oladi. Har yili 19 avgustda Slavyanlarda xalq bayrami nisholanadi. Ushbu bayram qadimgi rus davridan bayram shaklida nisholanadi. Olma shakildagi bayram har yili kuz faslida nisholanishi kuzda tutilgan chunki ushbu bayram nisholanganda ya’ni 19 avgust kunlarining harorati pasayadi. Kunlar sekin asta salqinlashib boradi. Ushbu bayramni nisholashda o‘zining turli xil an’analari mavjud. Ushbu kungacha bayramda olma qo‘shilgan oziq-ovqatlar, mahsulotlar istemol qilinmagan. Ularning ananalari  bo‘yicha olmali mahsulotlarni  iste’mol qilganlarga jannat eshiklari ochiladi degan tasavurga ega bo‘lmaganlar. Ya’ni ushbu bayram tugagandan so‘ng olmalarni iste’mol qilish mumkin degan xulosalarga kelgan, chunki 19 avgustgacha olmali daraxtlar kesish man etilgan.