18-avgust Toshkent metropoliteni birinchi («Chilonzor”) yo’lining ikkinchi uchastkasi (3 bekat) foydalanishga topshirilgan kun

18-avgust Toshkent metropoliteni birinchi («Chilonzor”) yo’lining ikkinchi uchastkasi (3 bekat) foydalanishga topshirilgan kun

«Buyuk ipak yo’li”- metro bekati «Chilonzor” yo’lining so’ngi bekati. 1980-yili 18-avgustda ochilgan (me’morlari: S.Odilov, F.Muzaffarova, R.Fayzullaev, A.Tabibov, muhandis G. Oganesov. Bekat gumbazsimon shakilda, yo’l osti o’tish yo’llari bilan qo’shilib ikkita er osti vestibyulidan iborat. Yo’lovchining zalining gumbazsimon shiftida 8 kubba joylashgan. Kubbalar ichiga yoritgich lampalar o’rnatilgan. Zalni bezashda marmar va qizil granitlardan foydalanilgan, sahniga kul rang va pushti granit yotqizilgan. Toqlarining shipi va bekat yon devorlarining karnizlariga ganchdan naqishlar ishlangan (naqosh M. Usmonova).

«Pushkin” -Chilonzor yo’lidagi metro bekati. Pushkin maydoni yaqinida joylashgan. 1980-yil 18-avgustda ochilgan. (me’morlari: L.Adamov, R.Fayzullayev, A.Tabibov, A.Odilova) Bekat ustunvor qurilgan bo’lib, 2 yer osti vestibuli bor. Marmar qoplangan ustunlarining tepalariga sham marjonlariga o’xshatib ishlangan yonlama qandillar o’rnatilgan (ras. I. Lipene). Platformaga tushaverishdagi zinapoya devorlariquyma cho’yan figurali kronshteynlariga o’rnatilgan sham shakildagi qandillar bilan bezatilgan; platformaga kiraverishda  bronzadan bo’rttirib ishlangan geraldika namoyon o’rnatilgan; ulardan birida A.S.Pushkinning qiyofasi tasvirlangan (haykal I.Lipas). Devorlar, vestibul va platforma ustunlari oq va qora pushti marmar bilan qoplangan; sahniga silliqlangan kulrang granit yotqizilgan.