Ushbu sana balki bayram sifatida emas ayni ushbu uysiz hayvonlar muammosiga aholini diqqat e’tiborini jalb etish. Ushbu kun 16-avgustda nishonlanadi. Bu sanani nishonlash «Xalqaro hayvonlar huquqini himoya etish qo‘mitasi” tomonidan 1992-yilda e’lon qilingan. Bu bayramni zooqo‘riqlash qo‘mitalari qo‘riqlash jamiyatlari qo‘llab quvvatlashdi. Bu kuni butun dunyo bo‘yicha hayriya tadbirlari o‘tkaziladi: konsertlar, ko‘nkurslar, auksionlar. Ushbu marosimlardan tushgan daromadlar uysiz hayvonlar yordamiga, qo‘mitalarga beriladi. Asosan bular uysiz mushuk va kuchuklardir. Bu kuni ba’zi bir veterenar shifoxonalarida bepul davolash o‘tkaziladi. Bu pullarning yana bir qismi uysiz hayvonlarga boshpana qurishga ishlatiladi. Dunyodagi birinchi boshpana Yaponiyada 1695-yilda uysiz kuchuklar uchun ochilgan edi. Hayvonlarni vaxshiylikdan himoya qilish qonuni birinchi bo‘lib Buyuk Britaniyada 1822-yilda qabul qilingan. Avstriyada eng qulay sharoitlar hayvonlar uchun yaratilgan. Bu yerda hukumat tarafidan kuchuklarni dum va quloqlarini kesish man qilingan, va yovvoyi hayvonlarni sirkda ishlatish man etilgan.