13-avgust Nyu–Yorkda birinchi taksi yo’lga tushgan kun
13-avgust Nyu–Yorkda birinchi taksi yo’lga tushgan kun
Nyu–Yorkda birinchi taksi yo’lga tushdi. Taksi fransuzcha so’z bo’lib, taksomotor-yo’lovchilar yoki yuk tashishda foydalaniladigan yengil yoki yuk avtomobilidir. Odatda kira haqi taksometr bo’yicha to’lanadi. Birinchi taksilar 1903-yilda Londonda, 1907-yil Moskvada, 1937-yilda Peterburgda, 1934-yil esa Toshkentda paydo bo’lgan. Taksi sifatida ko’plab ishlab chiqariladigan yengil va yuk mashinalari, maxsus avtomobillardan foydalaniladi. Muayyan yo’nalishlar bo’yicha belgilangan vaqt oralatib qatnaydigan taksilar marshrutli taksilar deb ataladi. Bunday taksilar uchun ma’lum qiymatdagi haq belgilab qo’yiladi.