9-avgust AQSHda o’rmonni yong’indan saqlash kuni

9-avgust kuni AQShda  ajoyib kun nishonlanadi. «Dimnyashka” (rus) kuni Smokey Bear Day. «Dimnyashka» AQShning o‘rmon saqlash  xo‘jaligining  belgisi  va  o‘rmonda sodir bo‘lgan yong‘inlarni og‘ohlantiradigan yoqimtoy ayiqcha. «O‘rmonni yong‘indan saqlang» deb nomlangan teleko‘rsatuvlarda ayiqcha faqatgina siz o‘rmonni yong‘indan saqlay olasizlar” degan so‘zlar bilan murojaat qiladi.  AQShning ko‘ptarmoqli o‘rmon saqlash xo‘jaligi 1905-yilda tuzilgan. Ayiqchaning tashkilotning ramzi bo‘lishini sababi, 1950-yilda sodir bo‘lgan tarixiy voqea sabab bo‘lgan. Bahor kunlarining birida Nyu-Meksika tog‘larida o‘rmonda yong‘in boshlandi. Yong‘inni o‘chirishda ko‘pgina odamlar qatnashdilar.  Yong‘in davomida o‘chiruvchilar daraxt kovagidan kichkina ayiq bolasini topib olishgan. U yong‘indan jarohat olgan edi. Voqea televideniye, matbuotda tez tarqaldi.  Qutqarilgan ayiqchani Vashington hayvonot bog‘iga davolashga jo‘natildi. Amerikalik aholi ayiqchaning sog‘ligi bilan qiziqishardi, unga hamdard bo‘lishga harakat qilishardi. Shundan so‘ng  ayiqcha tabiatni yong‘indan asrash Milliy ramzi bo‘lib qoldi.