1969-yil 21-iyul kuni inson ilk bora Oyga qadam qo’ygan. Bu inson Amerika kemasi «Appolon-11” komandiri Nil Armstrong bo’lgan. Hatto bu insonning Oyga qadam qo’yib, aytgan gapi ko’pchilikka mashhur: «Bu insonning kichik bir qadami, lekin insoniyat uchun buyuk sakrashdir”. Kema ekipajida uchta astronavt bo’lgan. Ekspedisiya ilmiy tadqiqot maqsadida uyushtirilmagan, uning yagona maqsadi — Oyga Er sputnikada muvaffaqiyatli qo’nib, tinchgina ortga qaytish bo’lgan. Missiya vaqti guruh kemasi orbitada qolgan, ikki astronavt Nil Armstrong hamda Edvin Oldrinlar esa uchish modulida Oyga qo’nish, u erdagi erdan namuna olib, suratga olish va bir necha asbobloar o’rnatishi kerak bo’lgan. Modul dengizga 20-iyul kuni Grinvich bo’yicha soat 20.17 da qo’ngan. Armstrong Oy sathiga besh soatdan keyin tushadi, bir necha vaqtdan so’ng unga Oldrin ham qo’shiladi. Modul tashqarisiga o’rnatilgan kamera kasmonavtlarning Oyga qo’nganini translyasiya qilgan. Astronavtlar kerakli miqdordagi materiallarni yig’ib, asboblarni hamda televizion kamerani o’rnatgach, Amerika bayrog’ini ham o’rnatishgan. Ma’lum bo’lishicha, AQSh Kongressi NASAning oyga BMT bayrog’ini o’rnatishdan bosh tortishgan. Astronavtlar esdalik yozuv qoldirilgan «Biz, Yer sayyorasidan Oyga qadam qo’ygan birinchi odamlarmiz. Yangi eraning 1969-yili, iyul. Biz barcha insoniyat nomidan tinchlik bilan keldik”. Oldrin Oyda bir yarim soatga yaqin bo’lgan, Armstrong esa ikki soatu, o’n daqiqa. 22 soatdan so’ng tabiiy sputnik sathidan uchuv moduli harakatlanib, astronavtlar Yerga muvaffaqiyatli qo’nishadi. 1969-yil 13-avgust kuni astronavtlari shodiyona ravishda Nyu-York, Chikago hamda Los-Anjelesda kutib olishdi.