Har yili 16-iyunda Afrika hamjihatlik tashkiloti (Organization ofAfrican Unity) tashabbusi bilan dunyoda Xalqaro afrikalik bola kuni (International Day of the African Child) nishonlanadi. Birinchi marta bayram 1991-yilda nishonlangan edi, o’shandan beri kunning asosiy mavzusi dunyo jamoatchiligi, siyosatchilarning va tibbiy tashkilotlarning diqqatini afrika bolalarining muammolariga va ularning kundalik hayoti sharoitlariga jalb qilish bo’ldi. Xalqaro afrikalik bola kuni sanasining tayinlanishiga Janubiy Afrika Respublikasida 1976-yili 16-iyunda poytaxti Yoxannesburg janubi-garbiy chekkasidagi Soueto (Soweto-South Western Townships) manzilgohida yuz bergan fojeali voqyealar sabab bo’lgan edi. Shu kuni minglab qora tanli o‘quvchilar ko‘chalarga chiqib maktab ta’limi sifatini ko’tarishni va o’z qadrdon tilida o‘qitishni talab qilishdi. Yuzlab yosh afrikaliklar hukumat qo’riqlash kuchlari tomonidan o’tib tashlandi. Keyingi ikki hafta mobaynida yuzdan ortiqroq kishi o‘ldirildi va mingdan ortig’i yaralandi. Rasmiy ma’lumotlarga xabar berishicha, 1976-yil 16-iyunidan 1977-yil 28-fevraligacha davom etgan qo’zg’alon natijasida politsiyachilar 575 kishini halok qilishdi va 6 ming kishini hibsga olishdi. 2011-yilda o’tgan tadbirlarda qarovsiz qolgan bolalarning qashshoq holatiga diqqat-e’tibor qilishga qaror qilindi, Afrikada ularning soni, ayrim baholarga ko’ra, 30 millionni tashkil etadi. «Qarovsiz bola» iborasi tez-tez mamnuniyat bilan tanqidga olinadi, lekin YUNISEF (UNICEF — United Nations Children’s Fund) bunday bolalarni shunday ta’riflaydi: «ular shahar (urbanisticheskoy srede) muhitida yashashyapti; ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari bor, lekin ular bilan aloqa kuchsiz yoki mavjud emas; bolalar yashash uchun har xil usullar o’ylab topishyapti, yashab qolishning yagona yo’li bu ko’cha deb tushunishadi». Ma’lumki, qarovsiz bolalar dunyoda hammadan ko‘ra kam himoyalangan bolalar hisoblanadilar, ular bir necha bor zo‘ravonlikka yo’liqishadi, ishlatish, jismoniy va ma’naviy kamsitishlarga duch bo’lishadi. O’qish uchun haq-ko‘pchilik afrika bolalarning yana bitta katta muammosi. Ehson qiluvchi tashkilotlarning zo’r berishlari va yordamiga qaramay, bugun qonun va amaliy hayot orasida yengib bo‘lmaydigan g‘ov mavjud. Xuddi shuning uchun xalqaro tashkilotlar, Afrika davlatlari uyushmasi va YUNISEF boshchiligida har yili millionlab afrika bolalari hayotini insoniy hayotga yaqinlashtirish mo‘ljali bilan tashabbuslar qilishadi, munozaralar uyushtirishadi.