15-may Moskvada ilk metro qatnovi ishga tushgan kun
1935-yilning 15-mayida poytaxt metrosining birinchi liniyasida poezdlarning doimiy qatnovi ishga tushdi. U Moskvaliklarning sevimli dam olish joylaridan biri bo’lgan Sokolnik va Dam olish oromgoxini birlashtirgan. Moskva metrosi dunyodagi eng chiroyli va demokratik metrolardan biri hisoblanadi. Har qanday ob-havo sharoitiga qaramasdan poytaxt yer osti metrosi kuniga 9 mln yo’lovchilarni tashiydi. U uzunligi bo’yicha Nyu-York, London, Parij va Tokioning metrolaridan keyin beshinchi o’rinda turadi. Metropoliten 12 yo’nalish bo’yicha harakat qiladi. Uning umumiy uzunligi 298,8 km.ni tashkil qiladi va 180 stansiyadan iborat. Shuningdek uning tarkibiga bir izli yo’llari ham kiradi. Hamma liniyalarga tartib raqamlari berilgan. Metroning Butov liniyasi bundan istesno, u L1 raqami bilan mashhur. 2015-yilda Moskva metrosiga 80 yil bo’ladi.