4-may birinchi velosiped ixtiro qilingan kun
Har yili mayning birinchi yakshanbasida AQSHning Nyu-York shahrida velosipedistlarning kuni nishonlanadi. 1819 yil Nyu — York ko‘chalaridan birida o‘z harakatini boshladi. U Angliyadan keltirilgan bo‘lib, yozning oxiriga borib munitsipal kengash bunday yangi trasport turini inson hayoti uchun xavfli deb shahar ko‘chalari bo‘yicha yurishni ta’qiqladi. Biroq velosiped shtatning aholisi uchun asosiy, eng qulay va arzon trasport vositasi bo‘lib qoldi. Shundan beri har yili Nyu — Yorkda juda yirik ommaviy velosipedchilar poygasi Five Boro Bike Tour o‘tkaziladi. Bu poyga Battery park dan boshlanib, Nyu — Yorkning beshta rayon ko‘chalarida yo‘l harakati to‘xtatilib o‘tkaziladi. Trassaning uzunligi 68 km bo‘lib 300 mingdan ortiq velosipedchilar ishtirok etadilar. Marshrut Manxetten, Bronks, Kvins, Bruklin, va Steyten — aylendan o‘tib Verazzona — Narrowz ko‘prigidan kesib o‘tib va yana Manxettenga parom orqali qaytib keladi. Poygadan so‘ng hamma ishtirokchilar uchun Steyten — aylenda jonli musiqalar bilan festival o‘tkaziladi. Shuningdek, Nyu — Yorkning uncha katta bo‘lmagan Kopek shahrida har yili antikvar velosipedlarning auksioni bo‘lib o‘tadi. Auksionda velosipedlarning har hil hajmdagi ayollar uchun, sport va poyga uchun mo‘ljallangan turlarini uchratish mumkin, shuningdek velosiped bilan bog‘liq aksessuarlar, detallar, kamdan kam uchraydigan rasm va otkritkalarni topish mumkin. Savdoda Angliya, Kanada, Yaponiya va AQSHning yirik kolleksionerlari va ishqibozlari ishtirok etadilar.
4-may Yaponiyada o’simliklar kuni
Bu kuni yaponlar tabiat qo’ynida dam olishni hush ko’radilar. 4-may kuni Yaponiyada o’simlar va ko’chatlar ekish kuni nishonlanadi. 2007-yilgacha u 29-aprelgacha o’tkazilgan. Bayramni «Tabiat” deb nomlanishi imperator So’va va uning jonli tabiatga bo’lgan mehri bilan bog’liq. Imperator So’vaning aristokratlik ismi xazrati oliylari-Xirixito bo’lgan. So’va unvoni uning vafotidan keyin berilgan. Imperator So’vaning katta o’g’li Tayyo 1901-yil 29-aprelda Tokioda tug’ilgan. Otasining vafotidan so’ng merosxo’r hahzoda 1926-yil 25-dekabrda Yaponiyaning 124-rasmiy imperatori deb tantanali ravishda e’lon qilindi. 2-jahon urushidan so’ng Yaponiya kontitutsiyasiga asosan Imperator davlat ramzi va xalqlar birligi sifatida bo’lgan. U Yaponiya tarixida umrining (1989) oxirigacha vataniga eng uzoq vaqt xizmat qilgan Imperator hisoblangan. Haqiqiy hokimiyat boshqaruvi yo’qligiga qaramasdan jamoatchilik hayotida faol qatnashdi: chet el elchilarni, delegatsiyalarini qabul qilgan, ularga javoban tashriflar uyushtirgan, ilmiy konferensiyalarda qatnashgan. Yaponiya bo’ylab safarlar qilgan. Ayniqsa, 2-jahon urushidan so’ng urushdan talofat ko’rgan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam berishga barcha kuchini sarflagan. May oyining boshlarid ahaqiqatdan ham mamlakat ko’m-ko’k bog’-rog’larga, gullarga purkanib ketadi. Imperatorning ana shunday safarlarida mamlakatda daraxtlar ekish, turli ko’kalamlashtirish festevallari o’tkazilgan. Iperator o’zining bo’sh vaqtlarini dengiz, o’simliklar, hayvonlar biologiyasini o’rganishga bag’ishlagan va bu sohalarda ko’pgina ilmiy maqolalari chop etilgan. Iperator Xiroxitoning hayotliida uning tug’ilgan kuni yapon kalendarida bayram kuni deb nishonandi. Uning vafotidan so’ng esa unig tug’ilgan kuni milliy bayram bo’lib qoldi va rasmiy ravishda «O’simliklar” kuni deb o’zgartirish kiritildi. Yillar o’tgan sari yangi avlod va Yaponiya xalqi uchun ushbu bayramning mazmuni eskirib bordi hamda munosabati o’zgardi. Natijada, 2007-yil 29-aprelda «Milliy bayramlar” qonuniga o’zgartirish kiritilib, bu kun «So’va kuni” deb nomlandi va avvalgidek bayram va dam olish kuni deb qoldirildi. «O’simliklar” kuni esa 4-mayga ko’chirildi. Yaponiyaning 70% maydonini o’rmon va parklar tashkil qiladi. «O’simlikar” kuni jahonda yagona milliy bayram hisoblanadi. Bu bayram kunlari Yaponiyada oq va pushti rang Sakura daraxti chiroyli gullaydi. Yaponlar bu quyoshli bayram kunini juda yaxshi ko’radilar va oila a’zolari, do’stlari bilan parklarda dengiz bo’ylarida, tog’ bag’irlarida dam olishni hush ko’radilar.
geografiya.uz/muhim-va-mashhur-sanalar/10663-4-may-yaponiyada-osimliklar-kuni.html