Hukumat qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, “chiroyli” raqamlar 6 ta toifaga ajratildi (ilgari 3 ta toifa edi).
Shuningdek, ayrim “chiroyli” raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalari ham o‘zgardi.
Xususan, 333, 444, 666, 999 raqamlar kombinatsiyasi 1-toifadan 2-toifaga o‘tkazilgan bo‘lsa, 003, 004, 006, 008, 009, 030, 040, 303, 400, 404, 600, 900, 909 kabi raqamlar 2-toifadan 3-toifaga o‘tkazildi.