«Doktor D» ning koʻrigiga kirishning narxi qancha?
Yurtimizda tibbiyot sohasida xususiy sektorning oʻrni oshmoqda. Ular xizmat sifatiga va baʼzibir elementlarga qarab bitta qabul uchun narx belgilashgan. Quyida biz shularni koʻrib chiqamiz:
— NeoVita klinikasi shifokorlariga 50 ming soʻm;
— ZarMed klinikasi shifokorlariga 95 ming soʻm;
— Shifo Nur koʻz klinikasi 60 ming soʻm;
— Doktor D klinikasi bitta odamga 300 ming soʻm boʻlsa, er-xotin birgalikda qabuli 350 ming soʻm.
Nafaqat shaxsiy klinikalar, hozirda ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasalari ham fuqarolarni qabul qilishda pulli xizmat koʻrsatishmoqda va bunda narxlar oʻrtacha 60 ming soʻmni tashkil etar ekan.