Dunyoning eng uzun tunnelining qurilish narxi qancha?
Dunyodagi eng uzun va eng chuqur tunnel 2016 yil 1 iyun kuni Shveytsariyada ochilgan. Tunnel nafaqat Alp tog’lari bo’ylab temir yo’l aloqalarini ta’minladi, balki shimoliy-g’arbiy yuk tashishni avtomobil yo’lidan yashil temir yo’lga o’tkazdi.
Tunnelning uzunligi 57,1 km, tog’larning tunnel ustidagi maksimal balandligi 2300 metrni tashkil qiladi. Tunnelni qurish uchun qariyb 17 yil kerak bo’ldi. Qurilish qiymati $12 mlrd bo’lib 9 ta quruvchini o’limiga sababchi bo’lgan.
Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda 2016 yilda Angren-Pop yo’nalishi tarkibida uzunligi 19,2 km, qurilish qiymati $455 mln bo’lgan O’rta osiyodagi eng uzun tunnel faoliyatini boshlagan.
@NarxiQancha | Manba (https://seanews.ru/2020/04/08/ru-samyj-dlinnyj-i-glubokij-tonnel-zheleznodorozhnyj-tonnel-v-mire/)