“Tong” shirinligi
Zarur masalliqlar: 50 gr. un, 300 gr. shakar, 1 osh qoshiq asal, 0,5 choy qoshiq iste’mol sodasi, 500 gr. quyultirilgan sut, 90 gr. vanilin, 1 stakan qatiq, 2 dona tuxum sarig‘i, 1 stakan qora choy, 2 dona tuxum oqi.
Tayyorlanishi: 1 stakan qatiqqa 1 osh qoshiq asal hamda iste’mol sodasi solib yaxshilab aralashtiriladi. Masalliq ko‘pirgach, 6 osh qoshiq erigan margarin, tuxum sarig‘i, shakar, vanilin va un solib, o‘rtacha yumshoqlikda xamir qoriladi. Yarim soat tindirilgach, xamirni yupqa yoyib, undan stakan yordamida shakl kesib olinadi. Stakanning katta-kichikligiga qarab, kesilgan xamir o‘rtasiga bir yoki yarim choy qoshig‘ida quyultirilgan sut solib, yumaloq shaklga keltiriladi. So‘ngra uni 150 daraja issiqlikda gaz pechida pishirib olinadi.
Yarim stakan shakar bilan ko‘pirtirilgan 2 ta tuxum oqi pishirib, sovutib olingach, shirin kulchalar ustidan quyiladi. Keyin ushbu pishiriq salqin joyda quritiladi.
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/tong-shirinligi/