Shirin kulchalar

Zarur mahsulotlar: 500 gr. tvarog, 3 dona tuxum, un, shakar, vanilin, dolchin va shakar kukuni kerak bo‘ladi.


Tayyorlanishi: idishga tvarog, tuxum, shakar va dolchin solib mikser qilinadi.  So‘ngra bir xil massa hosil bo‘lgunga qadar un solinib mikser qilishda davom etiladi. Massadan 15 ta koptokchalar chiqishi kerak. Tovaga o‘simlik yog‘idan solib koptokchalarni qovurib olib gaz pechiga 7 daqiqaga qo‘yib olinadi. Tayyor bo‘lgan cheskelarni likopchaga solib shakar kukuni bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM  

soglom.uz/tavsiya/shirin-kulchalar/