Zarur mahsulotlar: 400 gr. margarin, 200 gr. smetana, 100 gr. xamirturush, 3 dona tuxum, ta’bga ko‘ra tuz, shinni(djem), yong‘oq, vanilin va keragicha un.
Tayyorlanishi: aloxida idishga smetana va xamirturish solib 10 daqiqaga olib qo‘yiladi. Xona haroratida turgan margarinni un, tuxum, smetana bilan aralashtiriladi. So‘ngra shakar, vanilin solib yumshoq xamir qorilib to‘rtta zuvalachalarga ajratib tindirib qo‘yiladi. Tingan xamirni dumaloq shaklda yoyib pitssa bo‘laklari singari kesib chiqiladi. Xar bir kesilgan xamir bo‘laklari ustiga murrabo shinnisi va yong‘oq qo‘yib xamir o‘raladi. Gaz listiga qandolat qog‘ozi solib rogaliklarni terib chiqilib ustiga tuxum sarig‘i surtiladi. Qizigan gaz pechiga 180 daraja 20 daqiqaga qo‘yiladi. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/mazali-rogaliklar/