PAXLAVA TAYYORLASH USULI

MASALLIQLAR
un — 3-4 stakan
shakar — 5 osh qoshiq
sariyog’ — 30 gr
tuxum — 3 dona
asal — 200 ml
suv — 0,5 stakan
dolchin (koritsa) — 1 choy qoshiq
qatiq — 1 stakan
shakar upasi — 1 osh qoshiq
qavartma — 18 gr
mayiz — 100 gr
margarin — 250 gr
yong‘oq — 2 stakan
TAYYORLASH USULI

Paxlava ko‘pchilik mamlakatlarda milliy shirinlik hisoblanadi va o‘zining xilma-xil tayyorlanish jarayoni bilan ko‘pchilikni hayratga solib keladi. Mazkur shirinlikni tayyorlash bo‘yicha har bir beka o‘z retseptiga ega. Lekin sizga taqdim etilayotgan retsept alohida xushta’mga ega.


1-bosqich


Masalliqlar tayyorlab olinadi: xamir (tindirilgan bo‘lishi lozim), yong‘oq, asal, sariyog‘, shakar upasi, dolchin, suv, shakar hamda tuxum sarig‘i.


2-bosqich


Nachinkani tayyorlash uchun blenderda (yoki go‘shtqiymalagichda) yong‘oq, mayiz, shakar upasi hamda dolchin maydalanadi. Bir nechta yirik yong‘oq bo‘laklari maydalanmay, chetga olib qo‘yiladi.


3-bosqich


Xamir teng zuvalachalarga bo‘lib chiqiladi (6-10 dona).


4-bosqich


Xamir ingichka qilib yoyiladi. Ozgina un sepib yoyilsa, xamir oson yoyiladi.


5-bosqich


Qolipga sariyog‘ surtiladi.


6-bosqich


Ehtiyotkorlik bilan qolip ostiga 2 dona yoyilgan xamir bo‘lagi qo‘yiladi va xamirning ustiga ham sariyog‘ surtiladi.


7-bosqich


Xamir ustiga nachinka surtiladi.


8-bosqich


Ketidan yana bir dona yoyilgan xamir bo‘lagi qoplanadi va ustidan sariyog‘ surtiladi. Mazkur jarayon xamir bo‘laklari va nachinka tugamagunga qadar takrorlanadi.


9-bosqich


Xamirning eng so‘nggi yoyilgan zavalasi bilan pishiriq usti qoplanadi va ustiga tuxum sarig‘i surtiladi. So‘ngra faqat ustki qismidagi xamir pichoq bilan romb shaklida bo‘laklanib, yong‘oq bilan bezaladi. Pishiriq avvaldan 180° Sgacha qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqa davomida pishiriladi.


10-bosqich


Pishgandan so‘ng ozgina sovigach, ustidan qiyom quyiladi.


Yoqimli ishtaha!