Qomatidan noliydigan ayrim xotin-qizlar tarozidagi ortiqcha vaznni ko’rgan zahoti, sababini anglamay, turli parhezlarni qo’llashga kirishadi. Ammo bu har doim ham kutilgan natijalarni bermaydi. Ayrim hollarda hatto bunday parhezlarning organizm uchun salbiy ta’siri ham kuzatiladi.
Ozish uchun kerakli parhezni tanlash, albatta, muhim. Lekin buning uchun eng avvalo organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni qanday kechayotganini aniqlab olish va shifokor bilan maslahatlashish lozim bo’ladi. E’tiboringizga havola etilayotgan kichik test aynan shu holatni aniqlashda sizga asqotadi, degan umiddamiz.
1. Apelsin sharbati qabul qilganingizdan so’ng organizmingizda qanday o’zgarishlarni his etasiz?
A) U menga kuch-quvvat bag’ishlaydi.
B) Sharbat ichganimdan so’ng ishtaham ochiladi.
C) Xech qanday o’zgarish sezmayman.
2. Ishtahangizni qanday baholaysiz?
A) Ko’p ham, kam ham emayman.
B) To’yib ovqatlanishni yoqtiraman.
C) Taomga qarab har xil.
3. Uyqudan oldin ovqatlanish sizga qanday ta’sir ko’rsatadi?
A) Ovqatdan keyin yomon uxlayman.
B) Ajoyib! Och qorin bilan uxlab bo’ladimi?!
C) Tez hazm bo’lmaydigan ovqatlarni esamgina, yomon uxlashim mumkin.
4. Ovqatga bo’lgan munosabatingiz?
A) Eyish kerak bo’lgani uchungina ovqatlanaman.
B) Rohatlanib ovqatlanaman, ovqat haqida tez-tez o’ylayman.
C) Ovqatni maza qilib eyman, lekin bu haqida ko’p o’ylamayman.
5. Deylik, tushlikdan voz kechishingizga to’g’ri kelib qoldi?
A) Muammosiz.
B) Agar tushlik qilmasam, ta’sirchan bo’lib qolaman.
C) Vaqtida ovqatlansam, o’zimni yaxshi his qilaman.
6. Qanday ovqatlanishni xush ko’rasiz?
A) Tez-tez, ammo oz-ozdan ovqatlanish ma’qul.
B) Kuniga 2-3 marta to’yib ovqatlanmasam bo’lmaydi.
C) 2-3 marta to’yib ovqatlanishdan tashqari, bir necha marta engil tamaddi qilib olaman.
7. Yog’li taomlarga munosabatingiz?
A) Bunday taomlardan so’ng uyqusirab, o’zimni lohas sezaman.
B) Ancha paytgacha to’q yuraman.
C) Yog’li taomlarga xushim bo’lmasada, ular menga muammo tug’dirmaydi.
8. Go’sht va pishloqqa xushingiz qalay?
A) Tez hazm bo’lmasligi sababli, oshqozonimda og’irlik hissini sezaman.
B) Yaxshi, bu mahsulotlar quvvatimni oshiradi.
C) Ayniqsa sabzavotlar bilan birga sevib iste’mol qilaman.
9. Siz shirinliklarni yoqtirasizmi?
A) Albatta! Ularsiz yashay olmayman.
B) Yo’q. Ulardan so’ng ishtaham ochiladi.
C) Bir necha bo’lak shokolad eyishim mumkin, ammo emasam ham hech narsa o’zgarmaydi.
10. Qahvaga munosabatingiz
A) Qahva ichsam, kamroq ovqatlanaman.
B) Uni shirinlik bilan birga iste’mol qilaman.
C) Qahva menga tetiklik bag’ishlaydi.
11. Tez vazn orttirishga moyilmisiz?
A) Ko’p ovqatlansam ham, ortiqcha vazn deyarli qo’shilmaydi.
B) Ґar qanday shirinlik qomatimda o’z «asorati»ni qoldiradi.
C) Bir necha hafta tinmay ko’p miqdorda ovqatlanish, o’z natijalarini tezda ko’rsatadi.
12. Qomatingiz qaysi tipga tegishli?
A) Bo’ksa qismi elkaga nisbatan keng.
B) Keng elkali.
S) Bo’ksa va elka bir xil kenglikda.
Natija eng ko’p tanlangan javoblarga qarab aniqlanadi:
A javobi (uglevodli parhez)
Maslahat. Sizdagi modda almashinuvi jarayonidan kelib chiqib, ortiqcha vazndan xalos bo’lish uchun uglevodli parhezga rioya qilishingizni maslahat beramiz. Ratsioningizni 60% ini uglevodlar (meva-sabzavotlar, boshoqli va dukkakli mahsulotlar) va 40% ini oqsil moddalar (baliq, go’sht, yog’sizlantirilgan sut mahsulotlari) tashkil etishiga e’tibor bering. Taomni iloji bo’lsa, zaytun va kungaboqar yog’ida pishirsangiz, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ochlik xurujiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi, shuning uchun muntazam ovqatlanish tartibiga qat’iyan rioya qiling.
Tavsiya etilmaydi: yog’li taomlar. Haftasiga bir marotaba yog’siz baliq eyish tavsiya etiladi.
B javobi (oqsilli parhez)
Maslahat. Sizga uglevodlar miqdori kam bo’lgan, oqsilga boy taomlar tavsiya etiladi. Ovqatlanish paytida taomingiz tarkibini 60-70% oqsil va 30-40 % uglevodlar tashkil etishiga e’tibor bering.
Tavsiya etilmaydi: makaron mahsulotlari, kartoshka va oq non.
C javobi (aralash parhez)
Maslahat. Oqsil va uglevodlar o’rtasidagi balansni ushlab turing. Siz uchun taomlar tarkibida oqsil va uglevodlar 50X50 bo’lishiga e’tibor bering.
Tavsiya etilmaydi: xamirli ovqat va pishiriqlar, gazlangan yaxna ichimliklar va shakar choy.